Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Antonio Konte: «Liga kubogi finaliga chiqish imkoniyati — 50/50»

Antonio Konte: «Liga kubogi finaliga chiqish imkoniyati — 50/50»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya liga kubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Arsenal»ga qarshi o‘yin (0:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Agar hakamlarda qandaydir shubhalar bo‘lsa, ular xatoni to‘g‘rilashlari mumkin. Lekin bunga qo‘shimcha vaqt ketadi. Nazarimda, videotakrorlarning yagona kamchiligi — vaziyatni ko‘rish uchun qo‘shimcha vaqt sarflanishidir. Bunday holatlarda hakamlar ikkinchi bo‘limga ko‘proq kompensasiya vaqtini qo‘shishlari kerak. Italiyada o‘yinga 7, 8 hattoki 9 daqiqa qo‘shishlari mumkin. Hakamlarda bahsli vaziyatni qayta ko‘rish uchun imkoniyat bor. Men buni to‘g‘ri deb hisoblayman.

Hamisha g‘alaba qozonish uchun harakat qilish kerak. Bugun g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalanishda samarali harakat qila olmadik.

Har bir o‘yin o‘ziga xos ahamiyatga ega. «Arsenal»ning bugungi va APL doirasidagi o‘yinini taqqoslasak, ikki xil jamoaga guvoh bo‘ldik. Ular bugun himoyada harakat qilib, qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘lishdi. Avvalgi bahsda ular ochiq futbol namoyish qilishgandi.

Keyingi o‘yinda imkoniyatlar — 50/50. Dastlabki o‘yinda gol o‘tkazib yubormaganimiz juda muhim. Ammo bizni «Arsenal»ga qarshi safardagi uchrashuv kutib turibdi. Finalga chiqishni istasak, javob o‘yiniga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», – dedi Konte.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:31, 11.01.2018.
O'qildi: 3502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик