Angliya terma jamoasi JCH-2018 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblarini aniqlab oldi.
Angliyaliklar 2 iyun kuni "Uembli"da Nigeriya termasini qabul qiladi, 7 iyun kuni esa "Elland Roud"da ("Nyukasl"ning uy stadioni) Nigeriya termasi bilan o‘ynaydi.
"JCH-2018dagi guruhimizda Afrika va Markaziy Amerika vakillari bor, shuning uchun o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Nigeriya va Kosta-Rikani tanladik. Kuchimizni turlicha o‘yin uslubi va tajribali jamaalr bilan o‘yinda sinab olmoqchimiz", - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt.
Angliya termasi JCH-2018ning G guruhida Tunis, Belgiya va Panama terma jamoalari bilan kurash olib boradi.