Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘ona viloyat FFdagi umumiy holat bilan tanishadi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘ona viloyat FFdagi umumiy holat bilan tanishadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 5 yanvar kuni O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax shahriga tashrif buyurdi va maxsus ishchi guruh hamrohligida Jizzax viloyati Futbol federasiyasidagi umumiy holat bilan tanishdi. Shundan so‘ng, ushbu tashrif yakuniga ko‘ra, tegishli xulosalar qilindi.

Ma’lumki, yangi mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbol klublarining professionallik darajasini oshirish uchun klublar oldiga jiddiy talablar qo‘yilmoqda.  Ushbu talablarni bajarish uchun 1 fevralga qadar muhlat berilgan bo‘lib, talablarni bajarmagan klublar milliy chempionatda ishtirok eta olmaydi. O‘FF tomonidan viloyatlardagi holat doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘FF maxsus delegasiya tomonidan yana bir tashrif amalga oshiriladi.  12 yanvar kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Farg‘ona viloyati Futbol federasiyasidagi umumiy holatni o‘rganish uchun Farg‘ona shahriga tashrif buyuradi.

Tashrif mobaynida delegasiya Farg‘ona viloyati Futbol federasiya tomonidan qilinayotgan ishlar bilan tanishadi. O‘FF tomonidan Farg‘ona viloyati FFda faoliyat olib borayotgan kadrlar ishi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida mamlakatimiz klublari qoshidagi akademiyalardagi bolalar va o‘smirlar bilan shug‘ullanish uchun yo‘nalishga xorijlik murabbiylarni jalb qilish masalasi yana bir bor ko‘tariladi.

Ta’kidlash kerak, tashrif davomida “Neftchi” pfk o‘quv-yig‘in bazasi hamda klub akademiyasi faoliyatini bilan tanishiladi. Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” futbol klubi stadioniga tashrif buyuriladi. Shahardagi Olimpiya zahiralari kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishiladi. Bundan tashqari, Quvasoy shahridagi “Sementchi” pfk o‘quv-yig‘in bazasiga tashrif amalga oshiriladi.

Viloyatga tashrif davomida Farg‘ona viloyati Futbol federasiyasi matbuot xizmati ishini yo‘lga qo‘yish va muxlislar bilan ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni ko‘rib chiqish kabi bir qator masalalar ham muhokama etiladi.

Farg‘ona viloyatidagi umumiy ahvol o‘rganilgach tegishli xulosalar qilinadi. Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Futbol federasiyasi prezidenti tomonidan bunday tashriflar barcha viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:19, 11.01.2018.
O'qildi: 2516 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.