Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Vodiy futbolini tiklash loyihasi bo‘yicha katta guruh Farg‘onada

Vodiy futbolini tiklash loyihasi bo‘yicha katta guruh Farg‘onada

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning oktyabr oyida O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan "Oltin vodiy" loyihasi tasdiqlangan edi.

Loyihadan maqsad vodiy futboli saviyasini yana avvalgi mavqeiga olib chiqish, hududdagi "Neftchi", "Navbahor", "Andijon" va "Qo‘qon-1912" kabi o‘z tarixiga ega jamoalarni Superligada tutgan o‘rnini mustahkamlash bo‘lib, unda asosiy e’tibor bolalar futboliga qaratiladi. Aynan bolalar futbolida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida bugunga kelib vodiyda yangi-yangi Mirxoldirshoyev, Isoqov yoki Hamidullayev kabi top futbolchilarni ko‘rmay qo‘ydik. "Oltin vodiy" loyihasi o‘z ichiga hududiy federasiyalarni qamrab olgan holda, bevosita O‘FF tomonidan nazorat qilinadi.

Shu munosabat bilan, bugun O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tuzilgan katta ishchi guruhining Farg‘onaga tashrifikutilmoqda. Ishchi guruh tarkibida O‘FFning barchaboshqarmalari rahbarlari joy olgan bo‘lib, 11-12 yanvar kunlari hudud futboli yana bir bor ko‘zdan kechiriladi.

Ertaga "Neftchi" jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan "Istiqlol" stadionida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati futbol federasiyalarining birinchi Vise-prezidentlari, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining boshliqlari, Superliga, Pro-ligada ishtirok etuvchi klublarning bolalar va o‘smirlar futboliga ma’sul shaxslari, Olimpiya zaxiralari sport kolleji hamda futbol internatining direktorlari ishtirokida "Oltin vodiy" loyihasining strukturasi va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

"Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiy jamoalarini qamrab olgan Vodiy ligasi, U-18 va U-16 jamoalari o‘rtasida vodiy birinchiligi, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida vodiy chempionlar ligasi kabi musobaqalarning yo‘lga qo‘yilishi jiddiy nazorat qilinadi.

Rejaga ko‘ra, hududiy terma jamoalarni shakillantirgan holda, vodiyga ham o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil qilinadi. O‘zbekiston kubogi - 2018 finalining mezboni sifatida Farg‘ona shahri ko‘rsatilishi ham "Oltin vodiy" loyihasi rejasi asosida tasdiqlangan edi.

Loyihaning eng katta ishlaridan biri, 2018 yil sport kolleji (2005 yilda tavallud topgan futbolchilar) va viloyatdagi futbol internatlariga (2007 yilda tavallud topgan futbolchilar) kirish imtihonlarini shaffof o‘tkazish, u yerga hududdagi eng yaxshi futbolchilarni tanlov asosida tanlab olish bo‘ladi. Aynan shu loyiha 2017 yil 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida Odil Ahmedov tomonidan amalga oshirilgan edi.

"Vodiyda 10 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yuz minglab yoshlarga yuqori sifatdagi futbol to‘garaklari kerak. Vodiyga qilayotgan katta tashrifimiz davomida bu yerdagi muammolarni chuqur o‘rgangan holda, "Oltin vodiy" loyihasi asosida maxsus dasturni ishlab chiqamiz. Istardimki, bu loyihani butun vodiy qo‘llab-quvvatlasa. Bolalar futboli katta vaqtni oladigan loyiha, lekin bu ishni bugun boshlamasak, har bir o‘tayotgan yil bizni bir yilga kechiktiraveradi. Bu loyihamizni maxsulini 6-7 yil ichida ko‘ramiz, shunda Odil Ahmedov kabi futbolchilardan bir necha nafari "Navbahor", "Andijon", "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" kabi klublarda o‘ynaydilar. Vodiy ligasi esa, mahalliy xalq uchun katta sovg‘a bo‘ladi deb o‘ylayman. Shu yo‘l orqali Shahrixon va Kosonsoy kabi hududlarga yana katta futbolni qaytaramiz. Futbolga shinavanda xalq uchun ishlasak, terma jamoamiz uchun ham yaxshi bo‘ladi", - deydi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:54, 11.01.2018.
O'qildi: 2759 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик