Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Muxlislar klubi yetakchilari ham rasman klub vakiliga aylanishlari lozim

Muxlislar klubi yetakchilari ham rasman klub vakiliga aylanishlari lozim

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zPFL futbol klublari faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan aniq talablar ishlab chiqdi. Ko‘plab yangiliklar joriy qilingan yangi tahrirdagi musobaqa Reglamentida O‘zPFL qoshida sport tadbirlarini tashkillashtirish va muxlislar bilan ishlash bo‘limi ham tashkil etilganligi ayni muddao bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan maqsad yangi mavsumning har bir tur o‘yinlarini bayramona o‘tkazish, muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirishdan iborat. Yangicha ko‘rinishda ish boshlaydigan muxlislar klubi yetakchisining vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?

Yuksak madaniyatli, bilim va zakovatda namuna bo‘la oluvchi, rasmiy shtat asosida ish boshlovchi Muxlislar klubi yetakchisi O‘zPFL mazkur bo‘limining nizom va yo‘riqnomalari asosida ish yuritar ekan, O‘zPFLning kelgusida amalga oshiradigan loyihalarini amalga oshirishga, Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shadi. Klub sardoridan eng avvalo atrofiga muxlislik madaniyati doirasida ishqibozlik qiluvchi faol yoshlarni yig‘ish, uchrashuvlar paytida o‘z jamoasi sharafini mazmunli va yoqimli chaqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatlash bilan birga raqib jamoa va uning muxlislari hurmatini saqlash, uy va safar uchrashuvlari chog‘ida raqib jamoa muxlislari bilan doimiy do‘stona aloqalar o‘rnatish talab etiladi. Shuningdek, sardor yoshidan qat’iy nazar futbolni chin dildan sevuvchi, jamoasini nafaqat g‘alabali onlarda, balki mag‘lubiyatga uchraganda ham olqishlay oladigan, muxlislik doirasida klubning ko‘plab loyihalarida ishtirok eta oluvchi ishqibozlarni Muxlislar klubiga a’zolikka qabul qilish, ularning rag‘batlatirilishini tashkil etish, hatto klubga a’zo muxlislarning kiyimi borasidagi tashqi ko‘rinishiga ham alohida e’tibor berishi zarur.   

Bir so‘z bilan aytganda, jamoalarning Muxlislar klubi yetakchisi har bir o‘yinning zavqli, chiroyli va albatta, bayramona o‘tishida faol bo‘lishi talab etiladi.    

Muxlislar klubi a’zolarining ko‘rinishi quyidagicha tartibda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:46, 11.01.2018.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.