Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Nahotki! Messining «Barselona»dagi yillik maoshi 104 mln yevro?

Nahotki! Messining «Barselona»dagi yillik maoshi 104 mln yevro?

Baho:
+ | -

Football Leaks «Barselona» hujumchisi Lionel Messi yangi shartnoma bo‘yicha qancha maosh olayotgani haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi. Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi soliqlarni chiqarib tashlamagan holda hisoblaganda, yiliga 104 million yevro maosh oladi.

Bunday katta miqdordagi daromad futbol tarixida ilk marta uchramoqda, deya xabar tarqatdi Mediapart. Soliqlar chiqarib tashlangandan keyin esa, ushbu summa 50 million yevrodan biroz kamroqni tashkil qiladi.

Taqqoslash uchun, «PSJ» hujumchisi Neymarning bir yillik sof daromadi 36,8 million yevroni tashkil qilsa, Karlos Teves Xitoyning «Shangxay Shenxua» klubida yiliga 38 million yevro olayotgandi.

Messining "Barselona"dagi qayd etilgan eng kam yillik maoshi (15% imij daromadlarini qo‘shib hisoblaganda) 71 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada futbolchining 4 yil davomida 63,5 million yevro miqdorida turli bonuslar olishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, agar Leo shartnomaning oxirigacha «Barsa»da qolsa, yana 70 million yevro mukofot oladi.

Bularning barchasi qo‘shib hisoblaganda, futbolchining yillik maoshi 104 million yevroni tashkil etadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:19, 13.01.2018.
O'qildi: 16794 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик