Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/12 00:45 Lasio 0-6 Inter
17/12 01:00 Bornmut 1-1 Vest Xem
19/12 01:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol - Valensiya

«A» Seriyasidagi eng yosh «Yuventino»ning intervyusi

«A» Seriyasidagi eng yosh «Yuventino»ning intervyusi

Baho:
+ | -

Moyze Kin 28 fevral kuni 18 yoshga to‘ladi. E’tibor bering, ko‘plab tengdoshlarining orzu chegarasiga ham sig‘maydigan natijalar uning uchun reallikka aylanib ulgurdi:

«A» seriyasi va Chempionlar Ligasidagi debyut (Kin - 2000 yildan keyin tug‘ilganlar orasida bunday baxtga erishgan yevropalik birinchi futbolchi), «Yuventus»ning asosiy jamoasi uchun urilgan ilk gol…

Muhimi, Moyze joriy mavsum «Verona»da ham alohida iqtidor egasi ekanligini isbotlamoqda. Uning shaxsiy statistikasi hammasiga dalil: 720 daqiqa va 2ta gol.

Ha, bu 17 yoshli o‘smir uchun chakki emas. Romeo va Julyetta shahrida ko‘pchilik «Yangi Balotelli» haqida gapirmoqda, hamma-hamma Kinni o‘zgacha ta’riflamoqda.

Shuning o‘ziyoq «byankonerlar» ixtiyoridagi asosiy vunderkindlardan biri mavsumning birinchi yarmida naqadar yaxshi o‘ynaganini anglatadi.

Xullas, Tuttosport nashri 31 dekabr kuni «Bentegodi» arenasida o‘tkazilgan «Verona» - «Yuventus» o‘yini (1:3) arafasida yosh futbolchidan maxsus intervyu oldi.

— Moyze, avgust oyida chempionat tanaffusiga qadar shuncha ko‘p o‘ynashni o‘ylaganmiding?

— Ochig‘i, «Verona»ni tanlaganimda, bunday hisob-kitob bilan bosh og‘ritmagandim. Shunchaki, turinliklar yaxshi kuzatib qo‘yishdi: «U yerga asosiy tarkibdan joy olish uchun ketyapsan».

Ha, ortda qolgan vaqtda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim va bundan xursandman. Lekin jamoaga yanada ko‘proq naf keltirish asnosida muxlislarni quvontirishga qodirligimni yaxshi bilaman. To‘g‘ri, hali o‘yin bobida ko‘p jihatlarni mukammallashtirishim kerak.

— Birinchi navbatda, aynan nimani nazarda tutyapsan?

— Deyarli har doim asosan o‘ng oyoq bilan zarba yo‘llayman. Demak, chap oyoqni ishga solish ustida alohida shug‘ullanmasam bo‘lmaydi.

— Biroq «Milan» darvozasiga aynan chap oyoqda gol urding...

— Bu - tinimsiz harakatlarim mukofoti. Endi shu ruhda davom etib, bo‘shashmasam, bas.

— Gol sharafiga ko‘plab SMS-xabarlar olganing aniq. Ulardan eng yoqimlisini kim jo‘natdi?

— Onam. U duo matnini yozibdi.

— Donnarumma darvozasini ishg‘ol qilgach, qanday hissiyotlar og‘ushida qolding?

— Jijo bilan do‘stmiz: maydonga tushishdan oldin biroz chaqchaqlashgandik, o‘yindan keyin esa yo‘llarimiz kesishmadi. Donnarumma - jahon futbolidagi eng iqtidorli kiperlardan biri.

Hissiyotlarga kelsak, avvaliga gol urganimga ishonmadim hatto - ta’riflanmas tuyg‘u. Shu onda miyamda boshqa fikr charx urdi: «Endi yana gol urishga urinishim, jamoamiz g‘alaba qozonishi kerak».

— Donnarumma kabi taniqli agent Mino Rayola mijozisan. U qaysi maslahatni ko‘proq takrorlaydi?

— Mino mudom Ibragimovichdan o‘rnak olib o‘ynash kerakligini uqtiradi. Aytgancha, u meni Zlatan bilan tanishtirib qo‘ygan - o‘zaro munosabatlarimiz zo‘r.

— Xo‘sh, Ibraga xos qaysi xususiyatga ega bo‘lishni istarding?

— Ishga jiddiy yondashuvi va ozgina jahldorligi maqtovga loyiq. Menga ma’qul hujumchilar orasida Balotelli ham bor va u bilan ham juda inoqmiz. Marioning texnikasi va tezligiga oshuftaman.

— E’tiborlisi, ko‘pchilik seni «Yangi Balotelli» qabilida maqtamoqda. Demak, bunday e’tirof o‘zingga yoqadi, shundaymi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:02, 14.01.2018.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.