Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Vodiy derbisida g‘olib aniqlanmadi

Vodiy derbisida g‘olib aniqlanmadi

Baho:
+ | -

Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan “Qo‘qon-1912” ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safargi raqib  “Navbahor” bo‘ldi.

Uchrashuvni futbolchilarimiz ancha faol tarzda boshlashdi. Birinchi daqiqada Suhrob Berdiyev  raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqayotgan edi. Ammo hujumchimiz o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Bugun jamoamiz tarbiyalanuvchsi Avazxon Mamatxo‘jayev «Navbahor» safida ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. Ushbu yosh o‘yinchi ijara asosida “Navbahor”da o‘ynaydigan bo‘ldi.

22-daqiqada raqiblarimiz o‘z jarima maydonchalari ichida Suhrob Berdiyevga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Bosh hakam esa penalti belgiladi. Penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida vakillarimizda raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Biroq ulardan unumli foydalana olmadik. Natijada o‘yining birinchi qismi shu hisobda intiho topdi.

Ikkinchi taymni ham futbolchilarimiz faol boshlashdi. 49-daqiqada Igor Taran juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

67-daqiqada futbolchilarimiz ketma-ket chiroyli, kombinasion hujumlar uyushtirishdi. So‘nggi to‘p uzatishlarda xatoliklar bo‘ldi.

72-daqiqada namanganliklar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. «Navbahor» futbolchilari jarima zarbasini tepishdi. Zohir Pirimov tepgan to‘p darvozamiz to‘sinidan qaytdi.

77-daqiqada chiroyli hujum tashkil etdik. Zaxiradan maydonga tushgan  Bahodir Akramovning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida ajoyib hujumlar, ketma-ket zarbalar vakillarimiz tomonidan ijro etildi. Biroz omad kelmadi, aks holda hisob o‘zgarishi mumkin edi.

89-daqiqada “Navbahor” futbolchilari jarima to‘pidan hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi - Ayubxon No‘’monov. No‘’monovning zarbasi ideal bo‘ldi. Abdullayev  to‘p yo‘nalishi to‘g‘ri topgan edi. Darvozabonimizning qo‘liga tekkan to‘p oxir oqibat darvozamizdan o‘rin oldi.

Shu tariqa vakillarimiz nazorat uchrashuvida jangovor durang qayd etildi.

Nazorat uchrashuvi

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 1:1 (1:0)

Bosh hakam: V. Seytlin.

Gollar: Murod Xolmuhammedov – 22 (pen). - Ayubxon No‘’monov – 89.

“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Murod Holmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Doniyor Hasanov, Suhrob  Berdiyev, Igor Taran, Bahodir Pardayev.

Zaxira: Muzaffar Abdullayev, Aziz Ashurov, Iqbol Malikjonov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Muhammadanas Hasanov, Oybek Mirzohidov, Ibrohim Rahimov, Nosir Otaqo‘ziyev, Sobir Hamidov.

“Navbahor”: Mirzohid Mamatxonov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Jahongir Mehmonov, Ilhom Boydedayev, Mirzohid G‘ofurov, Zohir Pirimov, Oston O‘runov, Dilshod Sharofutdinov, Ayubxon No‘’monov, Azizbek Turg‘unboyev, Azamat Allaniyozov.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Ravshan Xursanov, Abbos G‘ulomov, Akmal Turg‘unboyev, Shohzamon Xayrullayev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:24, 14.01.2018.
O'qildi: 2379 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.