Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Mariano Dias: «Ikardi va Keyndan ustunligim? Kanteranoman»

Mariano Dias: «Ikardi va Keyndan ustunligim? Kanteranoman»

Baho:
+ | -

«Real»ning asosiy tarkibidan joy olishga ko‘zi yetmay, «Lion» safiga qo‘shilgan yosh hujumchi Mariano Dias Fransiyadagi debyut mavsumida o‘ta samarador o‘yin ko‘rsatmoqda.

«To‘quvchilar»ning sovrinli o‘rinlarga da’vo qilishayotganida ham dominikanlik iqtidor sohibining ulushi sezilarli.

- Mariano, yozda ixtiyoringda 20tadan ortiq taklif bor edi. Qiziq, aynan «Lion» variantini ma’qul topganingning asosiy boisi nima?

- Ochig‘i, Lakazett «Lion» bilan xayrlashgach, Zidan shu jamoaga o‘tishni maslahat berdi. O‘ylashimcha, unga quloq tutib, to‘g‘ri qildim - ayni kerakli pallada ajoyib jamoa safidan joy oldim. Qarorimdan bag‘oyat mamnunman.

- Xo‘sh, Zidan bu variant mohiyatini qanday tushuntirgandi?

- U avvalo, yangi jamoada yetakchi hujumchiga aylanishim zarurligini uqtirib, shu asnoda yanada yuqoriroq saviyaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lishimni ta’kidladi. Mana, Zidanning aytganlari amalga oshyapti. Harqalay, «Lion»ning chempionat doirasidagi barcha uchrashuvlarida maydonga tushyapman.

- Darhaqiqat, mavsumning birinchi yarmida ajoyib statistika qayd etding - 19ta o‘yin, 13ta gol. Demak, Liga 1ning eng yaxshi to‘purari bo‘lishga urinib ko‘rishing mumkin.

- Hozircha bosh goleador maqomi mendan ancha olisda. Muhimi, barcha gollarim jamoaga imkon qadar qo‘l kelsa, bas.

- Bolalikda kimlarga kumir sifatida qaragansan?

- 3 nafar buyuk hujumchiga - Ronaldo, Ronaldinyo va Eto~O.

- Ko‘pchilik «Tuluza»ga qarshi kechgan bellashuvda simulyasiya evaziga penalti ishlaganingni ta’kidladi. Bunday fikrlar seni ranjitmadimi?

- Yo‘q. Chunki simulyasiya ishlatmagandim. Raqib ochiqchasiga qo‘pollik qilganidan keyin beixtiyor yiqildim.

- Avvalgi mavsum deyarli maydonga tushmagan bo‘lsangda, hozir juda yaxshi sport formasidasan. Bunga qanday erishding?

- Ha, o‘ynamadim, ammo har kuni tajribali futbolchilar bilan birga shug‘ullandim. Bu bebaho tajriba.

- Shunday ekan, «Madrid»da qolib, joriy mavsum ko‘proq amaliyotga ega bo‘lishga urinishni o‘ylamadingmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:17, 14.01.2018.
O'qildi: 6663 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.