Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

O‘zbekistonlik marketing mutaxassislari Jey-ligada malaka oshirishadi

O‘zbekistonlik marketing mutaxassislari Jey-ligada malaka oshirishadi

Baho:
+ | -

2018 yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminar o‘tgan yilning 17 noyabr kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Yaponiya Futbol Assosiasiyasining Prezidenti Tashima Kodzo o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida ta’kidlash kerak.

Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek,marketing bo‘yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot olishadi.

Aytish kerakki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi juda rivojlangan bo‘lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag‘lariga ega bo‘lgan.

Klublarimiz vakillari uchun bunday xorijiy safarlar, seminarlar o‘z sohalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o‘rganish va uni o‘zi faoliyat yuritayotgan klublarda tatbiq qilish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:44, 17.01.2018.
O'qildi: 1544 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.