“Yuventus” o‘zining yaqin kunlardagi o‘yinlarida ikki asosiy futbolchisi Paulo Dibala va Klaudio Markiziolar yordamidan foydalana olmaydi.
Har ikki futbolchining mushaklarida muammolar bor. Shifokorolarning aytishiga ko‘ra, tiklanish uchun kamida 30-40 kun vaqt ketadi.
Ma’lumot uchun, Markizio joriy mavsum “A” seriyada 7 marta maydonga tushdi. Dibala esa 19 marta maydonga tushib, 14 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus”ni 13 fevral kuni YECHLda “Tottenxem”da qarshi jiddiy sinov kutib turibdi.