Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Umid Ahmadjonov: «Ishonch bildirganlaridan xursandman. Shu bilan birga katta mas’uliyatni his qilib turibman»

Umid Ahmadjonov: «Ishonch bildirganlaridan xursandman. Shu bilan birga katta mas’uliyatni his qilib turibman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov «Daryo» savollariga javob qaytardi va o‘zining bo‘lajak rejalariga oydinlik kiritdi.

O‘FF prezidenti sifatida faoliyat boshlaganimga 1 yil ham to‘lmagandi. Uning faoliyatini tubdan o‘zgartirish ishlari bilan band bo‘lib turganimizda, oldimizga navbatdagi mas’uliyatli vazifa qo‘yildi. Endi nafaqat futbol, balki mamlakat sportni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak bo‘ladi.

Mamlakat rahbariyatining ishonchidan boshim ko‘kka yetdi. Sport sohasini ko‘tarishga jiddiy e’tibor berilayotganini 2017 yilning o‘zida chiqarilgan qarorlar ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tushunish mumkinki, sohamizni rivojlantirishni birinchi navbatda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning o‘zlari istamoqdalar. Nafaqat istak, balki bu yo‘lda nima kerak bo‘lsa, hukumat unga zamin yaratib berishga tayyor ekani har qanday kishiga qo‘shimcha motivasiya beradi.

O‘zbekiston delegasiyasi Rio—2016 Olimpiadasida yaxshi ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgandi.

To‘g‘ri, Rioda sportchilarimiz ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ammo ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Shavkat Miromonovich nafaqat boksda, balki sportning qolgan turlarida ham katta o‘sishga erishishimiz kerakligini ta’kidladilar. Ishonamanki, Tokio—2020 Olimpiadasidagi natijamiz avvalgisidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu yo‘lda jiddiy mehnat qilishga tayyormiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti

Ahmadjonov hozirda O‘FF prezidenti ham hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida sportning ikki yirik bo‘g‘inini qanchalik muvaffaqiyatli boshqarish mumkin?

 

Aytganimdek, O‘FFni qabul qilganimda 1 yil ham to‘lmagandi. Biroq MOQ butunlay boshqa masala. Bunda sportning birgina emas, barcha turlari mujassam. Tez orada Olimpiada o‘yinlariga lisenziya taqdim etuvchi musobaqalar boshlanadi. Qolaversa, oldimizda Osiyo Olimpiadasi bizni kutib turibdi. Demak, MOQda ish qaynaydi.

Ammo unutmaslik kerakki, bizdan shunchaki ishlash emas, jon berib ishlash, fidoyi bo‘lish talab etiladi. Demak, imkoniyatimizdan maksimum foydalanishga harakat qilishimiz shart. Rejaga ko‘ra, 25 yanvar kuni O‘FFning navbatdan tashqari konferenasiyasini o‘tkazamiz. Unda tashkilot nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, rahbariyatda ham o‘zgarish bo‘ladi.

Biroq bu futboldan chetlashishim yoki boshlangan ishlar yakuniga yetishini bildirmaydi. Boshlangan ishlar shu yo‘sinda davom etadi va barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, nafaqat millionlar o‘yinini, balki sportning qolgan turlarini ham ko‘tarishga harakat qilamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O‘FF prezidenti

Rejaga ko‘ra, O‘FFning navbatdagi tashqari konferenasiyasiga Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi mezbonlik qiladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:17, 17.01.2018.
O'qildi: 3067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.