Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini «Spartak» muxlislariga aytib berdi

Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini «Spartak» muxlislariga aytib berdi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Moskvaning «Spartak» klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Xabarda aytilishicha, Babayan bejizga «Spartak»ning Dubaydagi mashg‘ulotlarini kuzatib bormayapti. U bosh murabbiy Massimo Karreraning ish uslubini o‘rganmoqda. Bunda sodiq yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy Babayanga ko‘maklashmoqda.

 

Biz Rossiyadagi Jahon Chempionatida o‘ynashimiz mumkin edi. Bizni undan faqatgina 1 ta gol ajratib qoldi, xolos. Biz o‘sha golni koreyaliklar darvozasiga urishga urindik. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi. Nima ham qilardik, endi o‘qishni davom ettirish va murabbiylikdagi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat bor.

Samvel Babayan, mutaxassis

«Spartak» matbuot xizmatining qayd etishicha, Babayan o‘zbekistonliklar mundialdan chetda qolgani haqida aytayotgan vaqtida xo‘rsinib qo‘ygan.

Murabbiy fikriga ko‘ra, «Spartak» Rossiyaning amaldagi chempioni va mamlakatning eng oldi jamoasi. Babayan shuning uchun ham tajriba o‘rganish uchun aynan Moskva klubini tanlab olgan. Qolaversa, Massimo Karreraning italiyalik ekani esa butun dunyoga mashhur o‘yin uslubi haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish uchun kerak bo‘larkan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:32, 17.01.2018.
O'qildi: 19540 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик