Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

PFLning Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari “Qo‘qon-1912” ishqibozlari bilan uchrashdi

PFLning Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari “Qo‘qon-1912” ishqibozlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -1

Avval xabar berilganidek, shu yilning 17–20 yanvar kunlari O‘zbekiston Professional futbol ligasining Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘limi xodimlari “Navbahor”, “Neftchi”, “Sementchi” va “Qo‘qon-1912” klublari ishqibozlari bilan uchrashish uchun Farg‘ona va Namangan viloyatlariga yo‘l olgan edi.

Kecha, 17 yanvar kuni Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari “Qo‘qon-1912” klubining ishqibozlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida klub tomonidan muxlislarga yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr almashildi. O‘z navbatida, “Qo‘qon-1912” muxlislari o‘yin vaqtida uchraydigan muammo va kamchiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari “Markaziy” stadionni ko‘zdan kechirdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan klub stadionida ayni vaqtda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Tashrif yakunida, muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda “Qo‘qon-1912” futbol klubi tomonidan ishqibozlar bilan ishlashni yanada yaxshilash, ularga yetarlicha sharoit yaratish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi, tomonlar o‘zaro hamjihatlikda ishlashga kelishib oldi.

Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlarining navbatdagi manzili — “Neftchi” futbol klubi bo‘ladi.

Bu kabi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekistondagi futbol klublarining muxlislar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish, stadionlarda muxlislarga yaratiladigan sharoitlarni yanada yaxshilash, muxlislar bilan ishlashning yangicha uslublarini joriy etish orqali muxlislarni stadionga qaytarish hamda futbol klublari muxlislari safini yanada kengaytirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:14, 18.01.2018.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик