Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Qo‘qon-1912»: Muxlislar klubining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«Qo‘qon-1912»: Muxlislar klubining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Qo‘qon ahli azaldan futbolsevar halq. Bu yurtda o‘zbek futboliga tamal toshi qo‘yilgan.

“Qo‘qon-1912” futbol jamoasining muxlislar klubi bejizga bu yil O‘FF tomonidan ta’sis etilgan “Eng yaxshi muxlislar klubi” nominasiyasida g‘olib deb topilmadi. Jamoamiz o‘zining muxlislari bilan faxrlanadi.

Bugun Qo‘qon shahrida “Qo‘qon-1912” futbol jamoasi muxlislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda jamoaning 100 dan oshiq muxlislari va “Qo‘qon-1912” futbol klubi rahbariyati ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida ikki masala ko‘rib chiqildi.

1. Muxlislar klubining o‘tgan yil bo‘yicha hisoboti.
2. Muxlislar klubining raxbariyatini saylash.

Yig‘ilishni “Qo‘qon-1912” futbol klubi vise prezidenti – bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Jamoa rahbari muxlislarga jamoada o‘tgan yilgi qilingan ishlar va jamoaning kelgusi rejalari haqida batafsil so‘zlab berdilar. “Muxlislarimiz o‘tgan mavsumda jamoamizning haqiqiy 12-o‘yinchisi bo‘ldilar. Hoh uyda, hoh safarda o‘ynasakda futbolchilarimizga dalda bo‘lib turgan barcha aziz muxlislarimizga klubimiz nomidan o‘zimni cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Biz bilan doimiy birga bo‘lgan muxlislar klubi yetakchilari Ilhomjon Qunduzov va Qahramonjon Isroilovlarga esa alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman ” – dedi B Tolipov.  

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan muxlislar klubi raisi Qahramonjon Isroilov so‘z olib o‘tgan yillarda olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Muzokaraga so‘zga chiqqan jamoamizning faxriy muxlislaridan Sherxon Qosimov amaki , o‘tgan yillarda Qo‘qonlik muxlislar jamoamizning har bir o‘yinida faol bo‘lganliklarini, futbolchilarimiz ham o‘z o‘yinlari bilan muxlislarimizni xursand qilganliklarini gapirib o‘tdilar. Buning uchun jamoa rahbariyati va futbolchilariga muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib o‘tdilar.

Yig‘ilish ishtirokchilari “Qo‘qon-1912” muxlislar klubining o‘tgan yillardagi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.

Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masalaga o‘tildi.
“Qo‘qon-1912” muxlislar klubiga yangi raxbar etib Mansurxon Jalilov nomzodi ko‘rsatildi. Yig‘ilishga tashrif buyurgan muxlislar bir ovozdan bu nomzodni qo‘llab-quvvatladilar.

Shunday qilib muxlislar klubiga yangi rais etib Mansurxon Jalilov, rais o‘rinbosari etib esa O‘lmasbek Sayfutdinovlar saylanishdi.

Ko‘pchilik muxlislarning tilak va istaklarini inobatga olib , bundan buyon “Qo‘qon-1912” muxlislar klubi “Sodiq muxlislar klubi” deb nomlanadigan bo‘ldi.

Shundan so‘ng yangi saylangan “Sodiq muxlislar klubi” raisi Mansurxon Jalilov so‘z olib , bildirilgan ishonch uchun barchaga raxmat aytdi. “Bundan buyog‘iga muxlislar klubi ishini rivojlantirish, kelayotgan mavsumda xam respublikamiz muxlislari orasida “chempion” bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Sevimli jamoamizni hech qayerda va har qanday sharoitda ham yolg‘izlatib qo‘ymaymiz”-dedi Mansurxon Jalilov.

Shuningdek, yig‘ilishda “Qo‘qon-1912” futbol klubi matbuot va marketing bo‘limi boshlig‘i Akramjon Mamadaliyev va bir nechta faol muxlislar so‘zga chiqdilar.

Bo‘lib o‘tgan majlis yuqori kayfiyatda “Qo‘qon, Qo‘qon, Qo‘qon ” degan hayqiriqlar bilan yakunlandi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:07, 18.01.2018.
O'qildi: 1738 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.