Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silva Ispaniya top-klubiga o‘tishga yaqin — bu «Barselona» emas

Bernardu Silva Ispaniya top-klubiga o‘tishga yaqin — bu «Barselona» emas

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, «matraschilar» yarim himoyachini shu hafta oxirigacha o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Klub rahbariyati «Barselona»ning Silvaga jiddiy qiziqishi borligiga ishonmaydi. Ularning fikricha, bu mish-mishlar futbolchining maosh borasidagi talablarini oshirishga urinishi bo‘lishi mumkin.

31 yoshli Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Biroq u 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach, klubni tark etishga qaror qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Silvaning transfer qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:06, 02.06.2026.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик