Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 02:00 Ekvador - Venesuela
22/03 04:30 Urugvay - Argentina

Emanuel Adebayor: "Venger – ikkiyuzlamachi, "Arsenal"ni yomon ko‘raman"

Emanuel Adebayor: "Venger – ikkiyuzlamachi, "Arsenal"ni yomon ko‘raman"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Emanual Adebayor londonliklar safini tark etayotgan vaqtdagi voqeani esladi.

"Venger mening xizmatimga muhtoj emasligini va klubni tark etishimni aytgach, u bilan ofisda uchrashishim kerak edi. Men qolish istagimni aytdim. Ammo Venger menga asosiy tarkibda o‘rin bermasligini aytdi. klubni tark etishim yoki klubda qolib, umuman o‘ynamasligim kerak edi.

Mening "Siti"ga o‘tishdan boshqa ilojim qolmagan edi, u yerda esa baxtimni topdim. Ertasi kuni esa, Venger men o‘z xohishim bilan ketganimni aytdi. Meni katta pullar rom qilgan emish. Shu kundan e’tiboran "Arsenal"ni yomon ko‘rib qoldim.

Ammo bu muxlislarga tegishli emas, hech qachon. Ular Angliyada mening nomimni olqishlagan birinchi muxlislardir. Hozir ham "Arsenal"ning o‘yinini kuzata turib, ularning g‘alaba qozonishlarini istayman shu bilan birga, ular mag‘lubiyatga uchrashlarini istayman, chunki alami katta", - deydi Adebayor.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:09, 19.01.2018.
O'qildi: 4096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz