Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zPFLning Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Farg‘ona shahrida “Neftchi” ishqibozlari bilan uchrashdi

O‘zPFLning Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Farg‘ona shahrida “Neftchi” ishqibozlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning 17–20 yanvar kunlari O‘zbekiston Professional futbol ligasining Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘limi xodimlari “Navbahor”, “Neftchi”, “Sementchi” va “Qo‘qon-1912” klublari ishqibozlari bilan uchrashish uchun Farg‘ona va Namangan viloyatlariga yo‘l olgan edi.

Yangi loyihalar yuzasidan birinchi uchrashuv “Qo‘qon-1912” klubining muxlislari bilan bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng, Muxlislar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Farg‘ona shahriga yo‘l olib, “Neftchi” futbol klubining ishqibozlari bilan uchrashishdi.

Tashrif chog‘ida klub tomonidan muxlislarga yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalar ustida birgalikda ish olib borish to‘g‘risida fikr almashildi. Shuningdek, muxlislik madaniyatini oshirish, o‘yinlarga klub atributikalaridan (klub formasi, sharfi, bayroqchalari) foydalangan holda tashrif buyurish kabi masalalar yuzasidan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishiga doir yangi loyihalar bilan tanishtirildi.

Tashrif yakunida, “Neftchi” klubining muxlislari talab va takliflarini inobatga olgan holda bo‘lim xodimlari “Sementchi” klubi tomon yo‘l olishdi.

Bu kabi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekistondagi futbol klublarining muxlislar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish, stadionlarda muxlislarga yaratiladigan sharoitlarni yanada yaxshilash, muxlislar bilan ishlashning yangicha uslublarini joriy etish orqali muxlislarni stadionga qaytarish hamda futbol klublari muxlislari safini yanada kengaytirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:05, 20.01.2018.
O'qildi: 2514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.