Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Qaytaveraman, qaytaveraman yoxud bitta klubga qayta-qayta boshchilik qilgan murabbiylar

Qaytaveraman, qaytaveraman yoxud bitta klubga qayta-qayta boshchilik qilgan murabbiylar

Baho:
+ | -

Turkiya futbolidagi eng taniqli va sovrindor mutaxassislardan biri Fotih Terim o‘z faoliyatida 4-marta (!) «Galatasaroy» boshqaruvini qo‘lga oldi.

Lekin u «Klub xizmatimga ehtiyoj sezar ekan, doim tayyorman - qaytaveraman, qaytaveraman!» qabilida ish tutuvchi yagona murabbiy emas.

Xullas, «Imperator»ning Istanbul klubiga navbatdagi qaytishi  jamoa bilan yo‘llari ko‘p bora kesishgan murabbiylar haqida gapirish uchun jiddiy asosdir.

Fotih TERIM

(«Galatasaroy» bilan 4 marta hamkorlik)

1. 1996-2000. Yutuqlari: Turkiya chempioni (4 marta), Turkiya kubogi sohibi (2 marta), Turkiya superkubogi sohibi, UYEFA kubogi g‘olibi

2. 2002-2004. Yutuqlari: -

3. 2011-2013. Yutuqlari: Turkiya chempioni (2 marta), Turkiya superkubogi sohibi (2 marta)

4. 2017-... Yutuqlari: !!!!

Fotih Terim futbol maydonidayoq «Galatasaroy» afsonasiga aylangandi. Zero, u o‘yinchilik faoliyatining 11 yilini «sherlar»ga bag‘ishlagan va ko‘plab sovrinlar yutish asnosida sardor maqomiga ko‘tarilgandi. Tan olingan murabbiy o‘z hayotidagi asosiy klub boshqaruvini ilk marta bundan 21 yil oldin qo‘lga olgandi.

Ayni o‘sha birinchi davri hozirgacha eng samaralisi hisoblanadi: «Galatasaroy» ichki arenada mutlaq hukmronlik o‘rnatishdan tashqari, yevromaydonlarda ham o‘zini ko‘rsatgan. Aniqrog‘i, istanbulliklar UYEFA kubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgandi.

Terim shundan keyin Italiya futbolini zabt etishga otlanib, «Fiorentina» va «Milan»da ishladi. Oxirgi 15 yil davomida esa jonajon klubi - «Galatasaroy» va Turkiya milliy jamoasini navbatma-navbat boshqardi. Aniqrog‘i, Terim bu davrda mamlakat bosh jamoasi boshqaruvini 3 marta qo‘lga oldi. Istanbul klubiga esa yaqinda 4-marta bosh murabbiy sifatida qaytdi.

Yuriy SYOMIN

(«Lokomotiv» bilan 4 marta hamkorlik)

1. 1986-1990. Yutuqlari: -

2. 1992-2005. Yutug‘lari: Rossiya chempioni (2 marta), Rossiya kubogi sohibi (4 marta), Rossiya superkubogi sohibi (2 marta)

3. 2009-2010. Yutuqlari: -

4. 2016-... Yutuqlari: Rossiya kubogi sohibi, !!!!

Ajoyib hamkorlik. 70 yoshli Yuriy Syomin ayni payt jonajon klubini yana Rossiya premyer-ligasi oltin medali tomon yetaklamoqda. Yuriy Pavlovich «temiryo‘lchilar» safiga deyarli 43 yil oldin, aniqrog‘i, 1975 yili futbolchi sifatida qo‘shilgandi.

1986 yilga kelib, uni Moskva klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlashdi. Syomin ilk urinishda 4 yil ishlab, shogirdlari bilan sobiq ittifoq kubogi finaliga chiqdi. Biroq shundan keyingi ayriliq naq 13 yilga cho‘zildi. Umumiy hisoblaganda, Yuriy Pavlovichning «Lokomotiv» boshqaruvidagi davri deyarli 20 yilga yetdi.

E’tibor bering, Syomin «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi rolida ilk chempionlikni 38 yoshida nishonlagandi. Joriy mavsum yakunida esa 71 yoshga to‘ladi. Demakki, «Loko»ning tirik ramzi o‘ziga munosib sovg‘a hozirlamoqda. Har holda, uning klubi Rossiya chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yupp XAYNKES

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:31, 20.01.2018.
O'qildi: 4911 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик