Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Sementchi» o‘rtoqlik o‘yinida «Andijon»ga yutqazdi

«Sementchi» o‘rtoqlik o‘yinida «Andijon»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Bugun Quvasoyning “Sementchi” jamoasi Andijon shaxrining Bo‘ston dahasidagi «Bolalar va o‘smirlar futbol maktabi» maydonida Eldor Sakayev boshchiligidagi “Andijon” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. 

Uchrashuv davomida murabbiylar tarkibda ko‘rikda bo‘lib turgan barcha futbolchilarni navbati bilan maydonga tushurib ko‘rikdan o‘tkazib oldilar.

Uchrashuvda kiritilgan yagona gol  markazdan uzatilgan to‘p himoyachi Iqbol Boboxonov va darvozabon Turdaliyev o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro tushunmovchilik natijasida Boboxonovga tegib rikashet xolatida darvozamizdan joy oldi.

“Sementchi” tarkibiga esa bir necha futbolchilar kelib qo‘shilgani xam ta’kidlab o‘tish lozim.   Bugungi nazorat uchrashuviga “NBU Osiyo” jamoasidan Timur Usmonov va o‘tgan mavsum andijonliklar safida to‘p surgan Furqat Hasanboyevlar xam qo‘shildilar va ular maydonda sinab ko‘rilishdi.

Shu tariqa “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida “Sementchi” kichik xisobda imkoniyatni boy berdi.

«ANDIJON» - «SEMENTCHI» 1:0

Gol: (Avtogol) Iqbol Boboxonov

«SEMENTCHI»: Farruh Turdaliyev, Davron Mamatov, Shukurali Po‘latov, Iqbol Boboxonov, Aybek Nurboyev, Abbos Mahstaliyev, Elyor Mamasoliyev, Sunnat Ermatov, Davron Isoqov, Otabek Ahmadjonov, Abdulaziz Yusupov.

ZAXIRA: Timur Usmonov, Abdurasul Komilov, Qahramon Mahamadjonov, Furqat Hasanboyev, Jamshid Qobulov, Sardor Qahhorov.

«ANDIJON»: Xusan Olimjonov, Artur Mamatkazin, Ildar Mamatkazin, Mirshohid Olimov, Alisher To‘xtasinov, Oybek Nurmatov, Usmonali Ismonaliyev, Baxtiyor Qosimov, Maqsud Mahmudov, Alisher Abduvohidov, Uyg‘un Bobonazarov.

ZAXIRA: Javohir Ashurov, Abdulaziz Jo‘rayev, Dilmurod Mahmudov, Shoxruh Ergashev, Ma’ruf Zokirjonov, Muni-mirmuhsin Yusupov, Jahongir Mahsudov, Mirjalol Rajabov, Ibrohim Otaxonov.

“Sementchi” matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:48, 20.01.2018.
O'qildi: 2505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.