Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi modelyerga aylandi (foto)

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi modelyerga aylandi (foto)

Baho:
+ | -

Jon Xols uzoq vaqt “Arsenal” safida to‘p surgan, 2000 yilda yoshlar ligasida chempionga aylangan. Biroq klubning asosiy tarkibidan joy ola bilmagach, “Stok Siti”, “Reding” va Chempionshipning boshqa jamoalarida o‘ynagan. Keyinchalik esa futboldagi faoliyatini yakunlab, modelyerlik faoliyatini boshladi.

U ayni paytda “Versache” va “Armani” liboslarini namoyish qiladi va jurnallar muqovasi uchun suratga tushadi.

“Men “Arsenal” a’zosi bo‘lganimdan va har kuni Anri va Berkampp bilan mashg‘ulot olib borganimdan xursandman. Bu jamoada qolishim mumkin edi, ammo zaxirada o‘tirishni emas, o‘ynashni istadim. Keyin esa jarohat tufayli futbolni tark etdim.

Ba’zan modelyerlikni tashlab, futbolga qaytgim keladi. Chunki bu yerda sochingni tarashadi, bezashadi, xullas, 4 soat tayyorgarlik ko‘rasan, ammo hammasi atigi 30 soniyada o‘tib ketadi. Ammo xursandman, sababi ayni damda eng yaxshilardan biriman”, deydi Xols.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 15:07, 21.01.2018.
O'qildi: 4937 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.