Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

Aleksandr Gleb: «Inyesta – shunchaki, kompyuter odam»

Aleksandr Gleb: «Inyesta – shunchaki, kompyuter odam»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq o‘yinchisi Aleksandr Gleb rossiyalik jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Filippe Koutinyoning transferi borasida o‘z fikr­larini bildirib o‘tdi.

- «Barselona» Koutinyo uchun «Liverpul»ga 120 million yevro to‘ladi. Bundan tashqari, katta bonuslar ham bor. Futbol olami aqldan ozyaptimi?

- Ha, shunday. Oldin Krishtianu Ronalduga to‘langan katta pullar, Beyl haqida gapirilardi. Keyin barchasi o‘zgarib ketdi. 120 million... Hozirgi bo‘layotgan transferlar aqldan ozdiradi. Yana bir-ikki yildan so‘ng transfer uchun yarim milliard odatiy holga aylanib qolishi hech gap emas.

- Bunday xaridlardan so‘ng futbol tomosha qilish istagi yo‘qolmaydimi?

- Nega endi? Istak yo‘qolmaydi. Bu klublarning ishi. Shuncha mablag‘ sarflashga qaror qilishdimi, transferni kelishib oldilarmi, bu hammani qo-niqtir­yapti. To‘g‘ri, summalar katta. Lekin bu birinchi shunday holat emas-ku.

- Koutinyo 120 million yevroga arziydigan shunchalik kuchli futbolchimi?

-  Beyl o‘ziga to‘langan pulga munosibmi? Neymar-chi? Albatta, munosib emas. Shunchaki, hozir barchasi o‘zgarib ketdi. Qancha ko‘p davom etsa, shuncha qiziqarli bo‘laveradi. Hatto nima bo‘lishini ham bilmaysiz.

- Hozir Angliya yoki Ispaniyada o‘ynamayotganingizdan afsusda emasmisiz?

- Ha. Afsuski, hozir 22 yoshda emasman.

- Yaxshi ishlab olgan bo‘lardingiz.

- Davr o‘zgaryapti. «Shtutgart»da o‘ynayotganimda Balakov eng qimmat futbolchi edi. Keyin o‘yinchilar narxi ikki baravarga ko‘tarilib ketdi. Hamma qayerga qarab ketyapmiz, deb o‘ylagandi. Hozir esa moliyaviy tarafdan o‘sish jiddiy oldinladi.

- Buning qandaydir ijobiy taraflarini ko‘ryapsizmi?

- Bular yosh futbolchilar uchun yaxshi o‘rnak. Ishlang, mehnat qiling, barchasi o‘zingizga bog‘liq. Ham o‘ynab, ham pul ishlab olish mumkin.

- Umuman olganda, Koutinyo sizga yoqadimi?

- Ha.

- Bu futbochi «Barselona» darajasidami?

- Bilsangiz, «Barsa» o‘zgardi va oldingidek emas. Menimcha, Koutinyo kataloniyaliklarning o‘yiniga mos tushadi. Texnik va kreativ yigit. Balki kurashlarda unchalik yaxshi emasdir. Lekin Ispaniyada Angliyadagi kabi kurashish shart emas.

- Endi Messi va kompaniya Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonadimi?

- Nima uchun ishonch bilan aytyapsiz? Bir futbolchi hammasini hal qila olmaydi. YECHL g‘olibligi uchun da’vogarlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Buning ustiga, Kou­tinyoning Inyesta darajasiga chiqishi uchun ham vaqt kerak. «Liverpul» va «Barselona»da o‘ynash boshqa-boshqa narsa.

- Yaqinda 2017 yilning ramziy terma jamoasini tuzdingiz. Unga Koutinyoni kiritmadingiz. Nima uchun?

- Menimcha, undan kuchliroq futbolchilar bor.

- Azar, De Bryuyne?

- Ha, u Azarga imkoniyatni boy beradi. Belgiyalik APLning eng kreativ futbolchilaridan biri. Yuqorida aytganimdek, Inyestani Koutinyodan baland qo‘yaman. Andreas - shunchaki, kompyuter odam! U hamma narsani ko‘ra oladi.

- Aytgancha, Krishtianu Ronalduni nega ramziy termangizga kiritmadingiz? Bunga oldin «Barsa»da o‘ynaganingiz sababmi?

- Gap unda emas. Shunchaki, 11 kishidan iborat ramziy terma jamoani tuzib berishimni so‘rashdi. Oldingi chiziqqa Messi va Neymarni qo‘ydim. Ular «Barsa»da ajoyib juftlikni tashkil qilishgandi.

Qolaversa, Neymarning Krishtianudan kam joyi yo‘q. Lekin Ronalduni jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olaman.

- Rossiyalik Fyodor Smolovning «Real» a’zosiga aylanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatingiz qanday?

- Bu short-list qandayligini bilmaymiz. Undan 100 kishi yoki 2 kishi o‘rin olishi mumkin. Har nima qilganda ham Fyodorga shunday klubning qiziqish bildirgani yoqimli.

Smolov - kuchli futbolchi. Menimcha, u «Krasno­dar»­ni tark etishi kerak. Unga Angliyadan taklif bo‘layotgani rostmi?

- «Vest Xem» qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida yozishdi. Bu Smolovning darajasimi?

- Smolovning darajasi? To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, «Vest Xem» «Krasnodar»dan kuchli. Angliya - bu Angliya. U yerdagi barcha klublarda ajoyib futbolchilar to‘p surishadi. Fyodor «Krasnodar»gacha qayerda o‘ynagan?

- «Dinamo», «Anji», «Ural».

- Mana, ko‘rdingizmi? Agar u «Real» yoki «Barselona»dan «Vest Xem»ga ko‘chib o‘tganida, daraja haqida gapirsak bo‘lardi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:28, 21.01.2018.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.