"Real" diqqatini yana "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtuaga qaratdti, deya xabar beradi The Guardian.
Manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi" Kepa Arrisabalaga "Atletik" bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng yana belgiyalik posbon variantiga qaytdi.
Matbuot madridliklarning Kepaga qiziqayotganini yozganiga qaramay, bosh murabbiy Zinedin Zidan jamoa darvozabonga muhtoj masligini aytgan edi.
Kurtuaning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozigacha tuzilgan va futbolchi uni uzaytirishga shoshilmayapti.