Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Hakamlar yig‘ini: Talablarni topshirganlar ko‘p, yiqilganlar ham bor

Hakamlar yig‘ini: Talablarni topshirganlar ko‘p, yiqilganlar ham bor

Baho:
+ | -

Ayni paytda poytaxtdagi “Chig‘atoy” sport bazasida hakamlarning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda. 22 yanvardan boshlangan mazkur yig‘inda 10 nafar Referi va 21 nafar Referi assistentlari, jami 31 nafar hakam ishtirok etmoqda. Aleksandr Popov, Arslon Xotamov, Marat Ismoilov kabi shu sohaning tajribali mutaxassislari amaliy va nazariy mashg‘ulotlar olib borishyapti. Turli darajadagi  test sinovlarini esa plyaj futboli bo‘yicha FIFA Referisi Baxtiyor Namozov hamda yengil atletikachilar Radik Xubbiyev va Yuliya Tarasova qabul qilmoqda.

O‘tgan haftada yakunlangan va 35 nafar hakam ishtirok etgan yig‘inda birgina qashqadaryolik Zufar Eliboyev nazariy sinovlardan o‘ta olmagandi, unga fevral oyida tashkillashtiriladigan navbatdagi yig‘inlardan birida o‘z omadini sinab ko‘rish uchun yana bir imkoniyat beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, o‘tgan safar sinovlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan Vadim Agishev (Toshkent) va Igor Gormashev (Toshkent)ga ham bu gal qayta sinovlarni topshirishga ruxsat berildi. Aksincha, o‘tgan yig‘inda barcha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan hakamlardan uch nafari – Ravshan Abduvohidov (Qarshi), Baxtiyor Yulcharayev (Sirdaryo) va Dmitriy Klepikov (Toshkent) bu galgi yig‘inda ham ishtirok etishni lozim topishdi.

Aslida  O‘FF qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi hakamlarni professional darajada shakllantirish, o‘z ustilarida tinimsiz shug‘ullanib borishlari uchun ko‘p xayrli ishlarni amalga oshiryapti. Shulardan biri o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashgan va qisqa muddat ichida zaruriy talablarni bajara olmagan hakamlarga imtihonlarga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rib, qayta topshirish, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilash uchun imkoniyat yaratyapti. Qolaversa, yig‘inlarda qatnashgan, talablarni bajargan hakamlarni ham e’tiborsiz qoldirmay, har oyda jismoniy holatini tekshirish, bo‘yi va og‘irligini nazorat qilib borish maqsadida nazorat ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, talablarni qabul qiluvchilar avvalgidek qo‘lida sekundamer, bayroqchalar va yana nimalardandir foydalanmayapti, barcha ishlarni texnika bajaryapti. Aytaylik, 30 metga yugurish natijalarini elektron darvoza, FIFA testi - 75x25 test sinovini FIFAdan taqdim etilgan yuqori intensiv interval test moslamasi qabul qilmoqda. Bunda kim nimaga qodir bo‘lsa shuning o‘zi aks ettiriladi. Masalaga misollar bilan yondoshamiz. O‘z davrida tajribali hakamlarning yetakchilaridan hisoblangan Sardor Najafaliyev, Gali Imamov kabi hakamlarimiz vaqt o‘tgan sari jismoniy tayyorgarliklaridan noliy boshlashgan, biroq nazariy imtihonlarni beshga topshirar, jismoniy talablarni ham ... baribir bajarishardi. Imtihon qabul qiluvchilarning qo‘lidagi sekundamerlari ularning vaziyatlaridan kelib chiqib natija ko‘rsatardi. Bunday paytlarda nafaqat o‘zimizdagi, balki OFKdagi mas’ullar ham ko‘rib ko‘rmaganga olishardi. Sababi, tajribali hakamlarga O‘zbekistondan tashqari Osiyoda ham talab katta edi-da. Hozirchi, barchasi boshqacha, professional tarzda...

22 yanvarda boshlangan yig‘inning dastlabki kunida hakamlar jismoniy sinovlardan o‘tishdi. Toshkentlik Igor Gormashev va namanganlik Muzaffar Mamatxonov qisqa masofaga (40 m) yugurish talablarini bajara olishmadi. Ularga navbatdagi yig‘inlarda imkoniyat berish-bermaslik esa yig‘inning so‘ngi kunigacha davom etadigan nazariy bilimlariga bog‘liq.

Yig‘inda ishtirok etayotgan hakamlar:

Referilar

Ravshan Abduvohidov           (Qashqadaryo)

Baxtiyor Yulcharayev               (Sirdaryo)

Dmitriy Klepikov               (Toshkent)

Vadim Agishev                      (Toshkent)

Muzaffar Fayzullayev         (Jizzax)

Karamatullo Hasanov          (Toshkent v.)

Muzaffar Mamatxonov        (Namangan)

Davron Akmalov                   (Toshkent)

Igor Gormashev                  (Toshkent)

Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)

Referi assistentlari

Sardor Nishonboyev              (Toshkent)

Jaloldin Husniddinov       (Toshkent)

Otabek Qosimov                    (Toshkent)

Abdullaxo‘ja Saidov           (Toshkent v.)

Raxmatjon To‘ychixonov       (Toshkent v.)

Adhamjon Sunnatov             (Sirdaryo)

Damir Iskanderov               (QQR)

Asqarbay Arzibekov            (QQR)

Abduhamid Jabborov          (Namangan)

Feruz Dostonov                    (Jizzax)

Mahmud Turdiyev                   (Jizzax)

Amal Sultonov                     (Navoiy)

Jasur Rustamov                    (Navoiy)

Farhod Usmonov                   (Qashqadaryo)

Elnur Doniyorov                   (Qashqadaryo)

Abror Jo‘raxonov                (Andijon)

Hayotbek Zulunov                   (Andijon)

Jahongir Abdurazzoqov      (Toshkent)

Bekzod Xudoyberganov         (Toshkent)

Xushnudbek Otamurodov      (Xorazm)

Dilshodbek Jumaniyozov      (Xorazm)

Referilar haqida gap ketganda, M.Fayzullayev, K.Hasanov, M.Mamatxonov va A.Xudoyberganov 2018 yilgi mavsumda ilk bor bosh hakam sifatida faoliyat ko‘rsatishga tavsiya etilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:46, 24.01.2018.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.