Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Kelajagimiz umidlari” festivali Farg‘onada qanday kechmoqda ?

“Kelajagimiz umidlari” festivali Farg‘onada qanday kechmoqda ?

Baho:
+ | -

Farg‘ona shahrida davom etayotgan “Kelajagimiz umidlari” festivali yosh futbolchilarga bir olam quvonch bag‘shida etmoqda.  Olimpiya zahiralari kollejida bo‘lib o‘tayotgan turnirning xar kuni qiziqarli bahslarga boy o‘tyapti. Yosh sportchilarning ota-onalari ham mazkur festivalga befarq bo‘lmagan holda uchrashuvlarni kuzatib, o‘z farzandlarini olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlab borishyapti. Albatta mana shunday jarayonlar futbolni ommalashishida muhim ahamiyat kabs etadi. Festivalni kuzatar ekansiz, o‘yinlar chog‘ida  “Neftchi” jamoasining yaqin o‘tmishdagi taniqli futbolchilarini ham uchratishingiz mumkin. Tajribali hujumchi Anvar Berdiyev o‘z farzandining o‘yinlarini muxlislar orasida tomosha  qilgan bo‘lsa, Aziz Alijonov hamda Iqbol Akramov singari sobiq yarim himoyachilar murabbiy sifatida o‘z jamoalariga boshchilik qilishdi. Fursatdan foydalangan holda, “Neftchi” sobiq futbolchisi Iqbol Akramov bilan suhbatlashdik.

– O‘FF bolalar futboli rivoji uchun katta ishlarga qo‘l o‘rmoqda, – deb fikr bildirdi Akramov.

– Bu albatta tahsinga sazovordir. Bolajonlar uchun juda katta bayram bo‘lmoqda. Mana shunday festivallar uchun O‘FF rahbari Umid Ahmadjonovga rahmat deymiz. Yosh futbolchilarga festival tashkilotchlari tomonidan sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. Bu esa bolalarni shod etmay qo‘ymaydi. Ularni futbolga bo‘lgan e’tiborini yanada oshiradi. Yaxshi futbolchi bo‘lib yetishib chiqsa, davlat yetarli darajada taqdirlashi haqida oz bo‘lsada tushuncha paydo bo‘ladi. Nasib qilsa, ular orasida yangi Server Jeparovlar, Odil Ahmedov singari o‘yinchilar yetishib chiqadi.

Shuningdek, festival haqida murabbiy Aziz Alijonovdan ham fikrlarini so‘radik.

– Festival bolajonlarga bir olam quvonch taqdim etdi. Ularning xursandchiligini qarang! Bola ko‘zida bunday festivallar katta turnirlardek ko‘rinadi. Tashkilotchilarga rahmat – dedi Alijonov   

 – Katta o‘yinlarda javlon urib to‘p surgansiz. Biroq bugunga kelib mana shunday jachchi futbolchilar bilan ishlash jarayoni qanday kechmoqda ? Qiyinchiliklar yo‘qmi ?

– 7 yoshli futbolchiga taktika qo‘llasangiz, baribir xech narsani tushunmaydi. To‘pni tashlab bersangiz hammasi birdaniga ketidan yuguradi. Yosh bolalarga qattiq gapirib bo‘lmaydi. Bir marta sal ovozingizni ko‘tarsangiz bas, ertasi kuni uni boshqa ko‘rmaysiz! (kuladi) Shu sabab mashg‘ulotlarda o‘zim ham yosh bolaga aylanib, ular bilan ishlayman. Xarakterlariga moslashishga urinaman. Biroz ulg‘aysa, pozisiya nima, o‘yin paytida qanday harakatlanish lozim, barchasini sekin-asta tushuntiramiz. Vaqti kelsa, murabbiylikni unutib ularga ham ota ham ona, yaqin do‘st bo‘laman. Bolalar murabbiyi shunday bo‘lishi lozim. Biz endi futbolni boshlagan kezlarimiz millionlar o‘yini uchun bunday sharoitlar bo‘lmagan. Hozir esa vaziyat tamoman o‘zgargan. Hukumatimiz futbolni rivojlanishi uchun hamma ishni amalga oshirmoqda. Yaqinda Farg‘onaga O‘FF rahbari Umid Ahmadjonov ham tashrif buyurib viloyat futboliga yuqori baho berdilar. Bu albatta kishini xursand qiladi, – deydi Aziz Alijonov

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:46, 24.01.2018.
O'qildi: 1859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.