Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Futzal. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati saralash bosqichining «A» guruhida 1-o‘rinni egallab, qit’a chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Futzalchilarimiz shu yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 
Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboyev ustozligida terma jamoamiz safar oldidan so‘nggi yig‘inni 15 yanvarda boshlagandi.

Futzalchilar “Chig‘atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” futbol Akademiyasiga qarashli sport zalda mashg‘ulotlar olib borishyapti. Mashg‘ulotlarda kunning birinchi yarmida jismoniy tayyorgarlikka, ikkinchi yarmida esa texnik-taktik hamda standart vaziyatlardan foydalanish jihatlariga e’tibor qaratilyapti.

Terma jamoamiz 28 yanvar kuni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasidagi so‘nggi mashg‘ulotlarini olib boradi. Yig‘inlarda ishtirok etayotgan 18 nafar nomzod futzalchilardan bosh tarkibga kiruvchi 14 nafari tanlab olinadi va 29 yanvar kuni termamiz Xitoy Taypeyi sari safarga otlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:18, 26.01.2018.
O'qildi: 2252 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик