Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

«Benfika»ning super akademiyasida iqtidorlar qanday yetishtiriladi?

«Benfika»ning super akademiyasida iqtidorlar qanday yetishtiriladi?

Baho:
+ | -

«Benfika» akademiyasining ko‘plab tarbiyalanuvchilari Yevropa klublarida o‘z o‘rinlariga egalar. Misol uchun, Bernardu Silva, Renatu Sanchesh, Viktor Lindelyof va Ederson hozirda Angliya prem­er-ligasida o‘ynashmoqda.

Sports.ru ko‘plab iqtidorlarni katta futbolga tayyorlayotgan ta’lim maskani haqida so‘z yuritadi.

«Benfika»ning 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilariga ustozlik qilayotgan Luis Nasimento birinchi navbatda Ederson bilan faxrlanishini ta’kidlaydi. Ushbu kiper Braziliyada birorta o‘yin o‘tkazmagan. 15 yoshida «San-Paulu» yoshlar jamoasiga o‘tib, bir yildan so‘ng «Benfika» safiga qo‘shilgan.

Yosh darvozabonning o‘sishida aynan Luisning hissasi katta bo‘lgan. «Edersonning «Manchester Siti»dagi o‘yinini ko‘ring. U mening huzurimga kelganida, jarima maydonchasida kurashishdan cho‘chiydigan oddiy bolakay edi. Hozir esa Premyer-liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Bernardu Silva ham yomon emas.

Uni «Monako»ga sotdik, bir necha haftadan keyin esa u televideniyeda fransuz tilida chiqish qildi. Silva barcha uchun namuna. «Benfika» barcha iqtidorlarga hayotiy ko‘nikmalar beradi».

15 yoshlilar jamoasi Luis Nasimento qo‘l ostida o‘z yosh toifasida Portugaliya chempionatining so‘nggi olti mavsumida to‘rt marta g‘olib chiqdi. Agar raqiblar «Portu» va «Sporting» akademiyasi vakillari ekani inobatga olinsa, bu chin ma’noda e’tirofga loyiq natija, albatta.

Akademiya mafkurasi

«Benfika»ning o‘yini agressivligi va g‘alabaga yo‘naltirilgani bilan dovrug‘ qozongan. Har bir uchrashuvda aynan shu g‘oya ilgari suriladi, futbolchilar oldiga asosiy vazifa sifatida qo‘yiladi. Mashg‘ulotlar payti bolalar miyasiga ushbu prinsip singdiriladi, «Benfika»da qanday to‘p surish kerakligi uqtiriladi.

Akademiya ruhiyatiga mos tushadigan o‘yinchi - to‘p bilan to‘g‘ri muomala qiladigan, maydonni yaxshi ko‘ra oladigan, kuchli raqiblarga qarshi bahslarda ham g‘alabani jamoasi tomoniga og‘dirish yo‘llarini topadigan haqiqiy yetakchi bo‘lishi lozim.

«Benfika» akademiyasi tarbiyalanuvchilari ota-onalari bilan ko‘rishib turishadi. Mashg‘ulotlar ularning oila a’zolari uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi sababli yosh futbolchilarning yaqinlari erkin ravishda turli tadbirlarda qatnashishlari, farzandlari, ukalari yoki nabiralarining o‘yinidan bahra olishlari mumkin.

Birgina cheklov bor: ota-onalarga murabbiy bilan suhbatlashish taqiqlanadi. Umuman, bunga asos bor - o‘z ishining professionali bo‘lgan, o‘yin texnikasini o‘rgatish bo‘yicha uquvga ega mutaxassis bilan nimani ham gaplashishardi?

Sport majmuasi

2006 yilning 22 sentyabrida Portugaliya termasining afsonaviy sobiq futbolchisi Eysebio tomonidan «Benfika»ning Caixa Futebol Campus deb nomlanuvchi yirik sport majmuasi barpo etildi. Seyshalda, Taxo daryosi qirg‘og‘ida qad rostladi. Arenani Lissabondan 20 daqiqalik yo‘l ajratib turadi. Uning narxi 15 million yevroga baholangan.

«Benfika» akademiyasi 15 gektar maydonni egallagan. Shunday yirik hududda 9ta stadion, uchta sport zali, tibbiy markaz, skautlar va murabbiylar idorasi, 16ta kiyinish xonasi, shinam tamaddixona, o‘quv xonalari, shahar chetidan keladigan 65 nafar bolaga mo‘ljallangan yotoqxona joylashgan.

Skautlar va murabbiylarni ham qo‘shib hisoblaganda xodimlarning umumiy soni 120 kishiga yetadi. Uch tarbiyachi uzzu-kun bolalar bilan birga: ularni kuzatishadi, zarur paytda ko‘maklashishadi.

Shuningdek, «Benfika» 360S simulyatori bilan ham maqtana oladi. Uning yordamida o‘yinchilar texnikalarini maromiga yetkazishadi, klub mutaxassisi esa videotahlillar va zarur testlarni o‘tkazadi. Ushbu simulyator Footbonaut bilan o‘xshash, undan Dortmundning «Borussiya»si foydalanadi.

Ammo «Benfika»dagisi nisbatan mukammalroq, o‘yinchilar butun devorlar bo‘ylab harakatlanishlari lozim bo‘ladi. Yoshlar bir necha parametrlar bo‘yicha tekshiriladi: reaksiya tezligi, maydonni ko‘ra bilishi, to‘p nazorati hamda ijro texnikasi.

Nasimentoning ta’kidlashicha, yoshlar futboli - bu «Benfika»ning fundamental tarmog‘i. U klubga ijtimoiy, moliyaviy va sport tomonlama foyda keltiradi. «Biz futbolchilarni shunchaki shug‘ullantirmaymiz, balki o‘qitamiz, o‘rgatamiz. Akademiya barcha jabhalarda faol, bu esa samarali.

Maqsadimiz kattalar jamoasiga ortiqcha qiyinchiliksiz moslashadigan saviyali o‘yinchi tarbiyalashdan iborat. Turli darajadagi jamoalarimizning aynan shu sxema bo‘yicha o‘ynashlari akademiyaning keyingi bosqichlariga o‘tishda asqotadi. Biz futbolchilarda hurmat, mas’uliyat hamda adolatparvarlik kabi insoniylik sifatlarini uy­g‘unlashtirish bo‘yicha ishlaymiz».

Akademiya hayotidan bir kun

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 26.01.2018.
O'qildi: 2579 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.