Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya terma jamoasi JCH-2026 oldidan ayg‘oqchilikka qarshi keskin choralar ko‘radi

Angliya terma jamoasi JCH-2026 oldidan ayg‘oqchilikka qarshi keskin choralar ko‘radi

Baho:
+ | -

Angliya milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida maxfiylikni saqlash maqsadida shpionajga qarshi himoya choralarini kuchaytiradi. The Sun nashrining xabariga ko‘ra, inglizlarning Kanzas-Sitidagi mashg‘ulot bazasida polisiya navbatchiligi va maxsus dronlar nazorati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu dronlar zarurat tug‘ilganda baza uzra uchib yurgan «ayg‘oqchi» BPLAlarni (boshqaruvsiz uchish apparatlari) urib tushirish vakolatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, baza hududida signallarni bo‘g‘uvchi maxsus qurilmalar (glushilkalar) o‘rnatiladi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ushbu choralarning muhimligini quyidagicha izohladi:

«Agar siz o‘yindan bir kun oldin jamoaviy kombinasiyalar, standart vaziyatlar va penaltilar ustida ishlayotgan bo‘lsangiz, bu juda muhim. Raqibingiz bu rejalardan xabardor bo‘lishini istamaysiz. Maxfiylik sizga hal qiluvchi ustunlik beradi».

Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:49, 27.05.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик