Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Finalni katta ekranda ko‘rishni istagan namanganliklar diqqatiga!

Finalni katta ekranda ko‘rishni istagan namanganliklar diqqatiga!

Baho:
+ | -

Ertaga Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan Osiyo chempionati finalida Vyetnam termasi bilan bahs olib boradi.

Mazkur o‘yinni yurtdoshlarimiz qiziqish bilan kutishayotganligi bor gap. Muxlislarning talab istaklaridan kelib chiqqan holda joylarda final uchrashuvini katta ekranda namoyish etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyat futbol federasiyasi va “Navbahor” muxlislar klubi ishqibozlarga qulaylik yaratishga qaror qilishdi.

Ya’ni uchrashuvni bayramona ruhda o‘tkazish va terma jamoamizni qo‘llab quvvatlashlarini ta’minlash uchun Vyetnam – O‘zbekiston uchrashuvi katta ekranda namoyish qilinadi.

Final bahsini katta ekranda tomosha qilishni xohlovchilar ertaga Namangan shahrida joylashgan Madaniyat va aholi dam olish maskaniga (avvalgi To‘qimachilar saroyi) taklif etamiz.

Mo‘ljal 5-kichik tumandagi “Yashil bozor” ro‘parasida. Uchrashuv soat 13:00 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:20, 26.01.2018.
O'qildi: 6058 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик