Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ravshan Haydarov: “Finalda g‘alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz”

Ravshan Haydarov: “Finalda g‘alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz”

Baho:
+ | -

Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Vyetnamga qarshi finaldan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va terma jamoa ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonib barchani xursand qilish uchun bor kuchi bilan o‘ynashini aytdi.

“Ushbu uchrashuv biz uchun muhim va unda g‘alaba qozonib barchani xursand qilishni istaymiz. Raqibni qanday jamoa ekanini bilamiz va ularga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - dedi Haydarov.

“Havo harorati sovuq, ammo, bu qish uchun normal. Biz mashg‘ulotlarni maydonda o‘tkazayapmiz va o‘yin paytidagi havoga ko‘nikib olishimiz uchun harakat qilamiz”, - dedi Haydarov.

“Vyetnam himoyada yaxshi o‘ynaydi va qarshi hujumda faol. Biz raqibni saviyasini bilamiz. Uchrashuvga yetib kelish uchun juda ko‘p kuch sarfladik. Futbolchilar uning ahamiyatini bilib turibdi. Ular g‘alaba uchun haqiqiy jangga tayyorlar. Albatta, nasib qilsa, barchaga bayram va yaxshi kayfiyat ulashish niyatida maydonga tushamiz”, - dedi Haydarov.

Finalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida terma jamoa sardori Zabihillo O‘rinboyev ham ishtirok etdi va ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun terma jamoa borini berib to‘p surishini ta’kidladi.

“Ushbu o‘yinning ahamiyatini barchamiz bilib turibmiz. Finalda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishga tayyormiz. Ushbu uchrashuv final va unda bor kuchimiz bilan o‘ynashga harakat qilamiz. Biz avvalgi uchrashuvlardagi tajriba yordam berishiga va Vyetnamga qarshi o‘yin biz uchun ijobiy tugashiga ishonamiz”, - dedi O‘rinboyev.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:49, 26.01.2018.
O'qildi: 5325 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.