Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

«Espanyol» Pikening ustidan shikoyat qildi

«Espanyol» Pikening ustidan shikoyat qildi

Baho:
+ | -

"Espanyol" klubi rahbariyati Ispaniya futbol federasiyasiga "Barselona" himoyachisi Jerar Pike ustidan shikoyat qildi.

Gap shundaki, "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Ispaniya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan «Espanyol»ga qarshi o‘yindan keyin raqibni Kataloniya jamoasiga emasligiga sha’ma qilib o‘tgandi: «Biz bu o‘yinda katta qiyinchilikka duch kelmadik. Ammo Kornelya (Barselona atrofidagi hudud — stadion.uz izohi) jamoasi bizga ko‘pincha muammo yaratadi».

«Espanyol» rahbariyati Pikening fikrini haqorat deb qabul qildi va futbolchining jazolanishini istamoqda.

Bundan tashqari, «Espanyol» "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsning intervyusiga e’tibor qaratdi. Buskets fikr bildirar ekan, raqib birinchi o‘yinda qozonilgan g‘alabadan keyin ancha erta xursand bo‘lganini va "Barsa" javob o‘yinida g‘alaba qozonib, "Espanyol"ni o‘z joyiga o‘tqazib qo‘yganini ta’kidlab o‘tdi. «To‘tiqushlar» rahbariyati maxkur izohni ham haqoratomuz deya hisobladi.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 10:16, 27.01.2018.
O'qildi: 4799 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик