Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Intervyu. Xames Rodriges: «Zidan - yoshlikdagi kumirim»

Intervyu. Xames Rodriges: «Zidan - yoshlikdagi kumirim»

Baho:
+ | -

Ayni payt ijara kelishuvi asosida «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges joriy mavsum CHL finalida aynan asl jamoasi - «Real»ga qarshi to‘p surish ishtiyoqida yonmoqda.

Harqalay, u xorijlik kasbdoshlarimiz bilan suhbat chog‘i voqealar shunday tus olishiga umid bildirdi, shuningdek, faoliyati, madridlik muxlislar va jamoadoshlariga munosabati xususida gapirib berdi.

«Qirollik klubi» kiyinish xonasi haqida

- «Santyago Bernabeu»dagi kiyinish xonasiga doimo tabassum bilan yo‘l olardim. Zero, barcha jamoadoshlarimga munosabatim yaxshi edi. O‘ylashimcha, ular ham meni yoqtirardilar. Binobarin, hamisha hurmat bilan yondashardilar.

«Madrid» muxlislari haqida

- Muxlislar bilan ham samimiy munosabat o‘rnatgandim. Deylik, ularning mehrlarini teran his etardim. Shunday ekan, «Qirollik klubi» ishqibozlariga hurmatim juda baland.

Ha, ular jamoadan faqat va faqat g‘alaba talab qiladilar. Bu ayni muddao, chunki men ham hamisha katta muvaffaqiyatlarni ko‘zlayman. Madridliklar meni sog‘inishyaptimi yoki yo‘q - bilmadim...

Faqat shuni aytishim mumkinki, jamoada zimmamdagi vazifalarni a’lo darajada bajarishga intilganman, bu borada kuch-mahoratimni sira ayamaganman. Menimcha, maydonda fidoyilik ko‘rsatishim muxlislarga ayon - ular bunga ko‘p bora guvoh bo‘lishgan.

«Real» bilan xayrlashuvi haqida

- Ochig‘i, ketishim oldinroq aniq bo‘lgan va «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuv muxlislar bilan xayrlashish uchun so‘nggi imkoniyat edi. Uyga qaytgach, boshqa shaharga ko‘chib ketishimizni 4 yoshli qizimga tushuntirishda rosa qiynaldim.

Axir u o‘zi o‘rganib qolgan muhitdan ayrilishni istamasdi. Esimda, qizalog‘im ko‘p yig‘lagan va ko‘z yoshlariga qarash juda og‘ir bo‘lgandi. Muhimi, o‘sha murakkab davr ortda qoldi - vaqt barchasini davolaydi.

Yaqinlarining daldalari haqida

- Yaxshiyamki, oilam doimo yonimda bo‘lib, alohida dalda berib turdi. Albatta, onam va sobiq rafiqamdan bag‘oyat minnatdorman. Agarda ular samimiy qo‘llab-quvvatlashmaganida, o‘zimni o‘nglashim ancha qiyin kechardi.

Madridga qaytishi haqida

- Ayni payt «Bavariya»da mutlaqo baxtiyorman. Lekin kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bugungi hayotim - «Bavariya». Keyingi taqdirim esa yolg‘iz o‘zimga bog‘liq emas.

«Real»ning umumiy munosabati haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:32, 28.01.2018.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.