Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo chempionlarini tantanali kutib olish marosimidan fotoreportaj

Osiyo chempionlarini tantanali kutib olish marosimidan fotoreportaj

Baho:
+ | -

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi poytaxtimizga yetib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan olimpiyachilarimiz «O‘zbekiston» mehmonxonasining yonida tashkil etilgan tantanati kutib olish va taqdirlash marosimida qatnashishmoqda.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quranboyev va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar, OAV xodimlari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok tishdi.

Yarim tun va izg‘irin sovuq ekaniga qaramasdan yuzlab o‘zbekistonliklar ushbu marosimda qatnashish, futbolchilarimizni g‘alaba bilan qutlash uchun yetib kelishgan. Bundan tashqari, millionlab teletomoshabinlar ushbu jarayonni «O‘zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda kuzatib borishdi.

Yuqorida futbolchilarimizni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimidan dastlabki fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz. Shu o‘rinda ertaga kun davomida futbolchilarimizning aeroportga qadam qo‘yishlaridan to taqdirlash marosimi so‘ngiga qadar olingan eksklyuziv suratlarni, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolaridan olingan  intervyularni e’tiboringizga havola etishimizni eslatib o‘tamiz.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 01:46, 29.01.2018.
O'qildi: 11085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик