Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsum boshidagi uchrashuv, misli finaldek bo‘ladi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsum boshidagi uchrashuv, misli finaldek bo‘ladi»

Baho:
+ | -

“Markaziy” stadionimizning anjumanlar zalida OCHL-2018 pley-off doirasidagi “Nasaf” – “Al Faysaliy” uchrashuvi oldidan matbuot anjumanining dastlabki qismi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va tajribali himoyachimiz Maqsud Karimovlar ishtirok etishdi va jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: -Assalomu alaykum, barcha futbol ishqibozlarini, futbolimiz rahbarlarini yoshlarimizning Osiyo chempionatida qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan samimiy tabriklayman. Bu tarixiy g‘alaba bo‘ldi. Bu yutuq o‘zbek futbolida yangi davr boshlanganidan va terma jamoamizga yangi avlod kirib kelganidan darak beradi. Bu zafar hammani xursand qildi. Biz murabbiylar, bunday yutuqlarni bardavom bo‘lishi uchun bor kuchimiz va bilimimizni ayamaymiz.

Ertaga bo‘ladigan o‘yinni, mavsum boshidagi o‘yin bo‘lganligi uchun, finalga tenglashtirgan bo‘lar edim. Biz ertaga guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qilamiz. Buni juda hohlaymiz. Biz uchun mavsum ertaroq boshlanayapti. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlikni ertaroq boshladik. Shuningdek Turkiyada xorijiy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil qildik. Yig‘in tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadimizga erishdik. Ertaga hamma futbol ishqibozlarining e’tibori bizga qaratiladi. Bu bizdan katta ma’suliyat talab qiladi. Bu ma’suliyatni hammamiz his qilib turibmiz. Yangi futbol mavsumini g‘alaba bilan boshlash ishtiyoqidamiz.

Maqsud Karimov: -Hammalaringizni yangi futbol mavsumi boshlanayotgani bilan tabriklayman. Yangi yilda, yoshlarimiz boshlab bergan zafarli qadamni biz ham davom ettirish istagidamiz. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz va guruh bosqichi taqdirini hal qilamiz. Maqsadimiz, o‘zbek futbol ishqibozlarini yana bir bor xursand qilmoqchimiz.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilarimiz albatta bizga yordam berishadi. Bugun ular safimizga kelib qo‘shilishadi. O‘ylaymanki, ular yosh bo‘lganliklari uchun tezroq tiklanishadi va albatta bizga yordam berishadi.

Raqibimizni imkon qadar ko‘proq o‘rganib chiqdik. “Al Faysaliy” tarkibida asosan tajribali o‘yinchilar yig‘ilishgan. Demoqchimanki, yosh futbolchilar kamroq. FIFA tomonidan jazolangan futbolchilari o‘rnini, kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilishdi va bunga erishishdi ham. “Al Faysaliy” jamoasi Iordaniyaning yetakchi klubi hisoblanadi. Raqibimizning olib boradigan o‘yinlari bilan futbolchilarimizni yaqindan tanishtirdik va bu borada ko‘rsatmalar ham berib borayapmiz.

Tarkibimizga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldik. Bundan xabarlaringiz bor. Biz yana o‘z safimizga yangi futbolchilarni qo‘shib olish rejamiz bor. Bu borada bizni klubimizning yangi rahbariyati ham qo‘llab-quvvatlayapti.

Maqsud Karimov: Men jamoadoshlarimga nisbatan sal kechroq shartnoma imzoladim. Bunga sabab, ozroq tobim qochgani uchun, muolaja olayotgan edim. Ya’ni Qarshida emas edim. Ko‘rib turibsiz, yana qadrdon jamoamda faoliyatimni davom ettirayapman.

Albatta, “Al Faysaliy” bilan 2011 yili Qarshida bo‘lgan OFK kubogi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilardan, jamoada bitta o‘zim qolibman. Men nafaqat ertaga maydonga tushishga tayyorman. Balki, jamoadoshlarimni ruhlantirish uchun murabbiylarimizga ham ko‘makchi bo‘layapman. Hammamizni yagona maqsad – g‘alaba qozonish birlashtirib turibdi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:41, 29.01.2018.
O'qildi: 4116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.