Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Umid Ahmadjonov Osiyo chempionatiga jo‘nab ketayotgan futzalchilar bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Osiyo chempionatiga jo‘nab ketayotgan futzalchilar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida musobaqada qatnashadigan futzalchilarimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati, mamlakat futzal terma jamoasi, kuni kecha Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan bir qator yosh futbolchilarimiz, hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

-"Mana, kuni kecha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoyda yakunlangan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritib, o‘zbek xalqiga bir olam quvonch bag‘ishladi. Ular muxlislarning ishonchini qaytarib berdilar", - deb so‘z boshladi Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov.

-"Ularning yo‘lini Siz futzalchilarimizga ham tilab qolamiz. Nima yordam kerak bo‘lsa ochiqchasiga aytinglar. Barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Chempion bo‘lib qaytinglar. Sizlarni ham huddi yosh futbolchilarimiz singari mukofotlar kutib turibdi. Yoshlarimizning g‘alabasini xalq bayram qilmoqda. Nima yordam kerak bo‘lsa bunga tayyormiz. Ortingizda 33 millionlik o‘zbek xalqi, mamlakat Prezidenti va biz turganimizni esdan chiqarmanglar", - dedi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov so‘zga chiqib, musobaqaga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etilganini, jamoa turnirga tayyor ekanligini, faqat va faqat yuqori natijalar uchun kurashishini ma’lum qildi. O‘z navbatida Umid Ahmadjonov futzalchilarimiz oldiga huddi yoshlarimiz kabi chempionlik vazifasini qo‘ydi. 

O‘z o‘rnida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham so‘z olib, futzalchilarimizga omad tiladi. Yaratilgan sharoitlar, tantanali kutib olish marosimi va mukofotlar uchun alohida minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Tadbir yakunida Ravshan Haydarov Umid Ahmadjonovga ramziy ma’noda Osiyo chempionatining oltin medalini sovg‘a qildi. Olimpiya terma jamoamizning yetakchi futbolchilari Rustamjon Ashurmatov va Javohir Siddiqovlar jamoadoshlari nomidan yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik ramzi sifatida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga esdalik sovg‘asini berib qo‘yishni iltimos qilib, Umid Ahmadjonovga topshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, futzalchilarimiz qit’a chempionatida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olganlar. O‘zbekiston futzal terma jamoasi turnirdagi ilk o‘yinni 1 fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshlasa, 3 fevral kuni Tojikistonga qarshi parketga chiqadi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin esa 5 fevral kuni Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:27, 29.01.2018.
O'qildi: 3577 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.