«Barselona» rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklarning qisqa ro‘yxatini (short-list) «Atletiko» a’zosi Xulian Alvares va «Bavariya» forvardi Xarri Keyn boshqarib turibdi, deb xabar bermoqda Sport nashri.
Klub uchun asosiy variant argentinalik futbolchi bo‘lib turibdi: u ancha yosh, Xans-Diter Flikning hujumkor sxemasiga mukammal tarzda mos tushadi va pressingda juda faol. Bundan tashqari, «Barselona» 26 yoshli hujumchi Lamin Yamal bilan ajoyib tandem hosil qila olishiga ishonmoqda. Biroq «matraschilar» hanuzgacha Alvares bo‘yicha muzokaralar olib borishni qat’iyan rad etishmoqda, shu sababli Keyn «ko‘k-anorranglilar» uchun sotib olish osonroq bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
32 yoshli ingliz hujumchisi taxminan 80 million yevroga tushishi mumkin, ammo «Barsa»da uning Flik qo‘llayotgan pressing modeliga qay darajada moslashib keta olishi borasida shubhalar bor. Qolaversa, Xarrining o‘zi ham Myunxenni tark etishga unchalik ishtiyoq bildirmayapti, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.













