Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Mbappe «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi farq haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» va «Barselona» o‘rtasidagi asosiy farq haqida o‘z fikrini bildirdi.

— «Barselona» futbol tarixiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan klub. Biroq «Real» butun dunyo uchun namuna hisoblanadi. «Barselona» muxlislaridan tashqari deyarli barcha uchun «Real» eng yirik klub ekani aniq, — dedi Mbappe Sorare'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Fransiyalik hujumchi 2024 yil yozida «Real» safiga qo‘shilgan edi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 86 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:06, 06.06.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик