Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe Messi va Ronaldu o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi

Mbappe Messi va Ronaldu o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Al-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu va «Inter Mayami» a’zosi Lionel Messining o‘yin uslublari o‘rtasidagi farq haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fransiyalik futbolchi 2021–2023 yillar oralig‘ida «PSJ» safida jahon chempioni Messi bilan bir jamoada to‘p tepgan.

— Messi yoki Ronaldu? Men har ikkisi bilan ham bog‘liq tajribaga egaman. Aniqrog‘i, Messi bilan bir jamoada o‘ynadim, Ronalduga qarshi esa maydonga tushdim. Krishtianu mening kumirim.

Ikkalasiga qarshi o‘ynab, ular haqiqatan ham juda turlicha futbolchilar ekanini angladim. Ular o‘rtasidagi raqobat juda qiziq edi, chunki deyarli hamma jihatdan bir-biriga teskari. Biri o‘ng oyoqli, biri chap oyoqli, biri baland bo‘yli, biri pastroq. Messi ko‘proq nafis harakat qiladi, Ronaldu esa portlovchi tezlikka ega. Messida o‘yinni ko‘rish va pleymeykerlik qobiliyati kuchli.

«Biri mehnat mahsuli, ikkinchisi esa tug‘ma iste’dod» degan gapga qo‘shilamanmi? Yo‘q. Bu futbol o‘ynamaydigan odamning fikri. Men doim shuni aytaman: «Yo‘q, bu futbol o‘ynamaydigan insonning qarashi!»

Agar kimdir menga Ronalduda iste’dod yo‘q yoki Messi mehnatkash emas desa, demak u hayotida biror marta butsa kiyib mashg‘ulot o‘tkazmagan. Har kuni mashg‘ulot qilgan futbolchi bunday fikrda bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmayman, — dedi Mbappe Sorare'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:27, 05.06.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик