Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ikrom Aliboyev: Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni a’lo darajada ketmoqda

Ikrom Aliboyev: Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni a’lo darajada ketmoqda

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichi doirasidagi ilk o‘yinini 12 fevral kuni BAAning “Al Vahda” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ayni paytda “temiryo‘lchilar” jamoasi yangi mavsumning muhim bellashuvlariga tayyorgarlikka zo‘r bergan. O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi hozirda Turkiyaning Belek shahrida mavsumoldi xorij yig‘inini o‘tkazmoqda. “Loko”ning mahoratli yarim himoyachilaridan biri Ikrom Aliboyev jamoaning tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani xususida klub rasmiy saytiga gapirib berdi:

– Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni ko‘ngildagidek olib bormoqda. Rahbariyat tomonidan bizga a’lo darajada sharoitlar yaratib berilgan. Ayni damda Belekda yig‘in o‘tkazyapmiz. Bu yer mashg‘ulot o‘tkazish uchun juda ham qulay. Dubayda o‘tgan ilk xorij yig‘inimizda asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratilgan edi. Belekda esa ko‘proq to‘plar bilan ishlayapmiz. Shuningdek, yangi taktik usullar borasida ham ish olib borilmoqda.

Yaxshi forma tiklab olishimiz uchun o‘tkazilayotgan nazorat o‘yinlarining ham ahamiyati yuqori. Tanlangan sparring raqiblar saviyasi esa ancha yaxshi ekanini ayta olaman. Misol uchun, Shotlandiyaning yetakchi jamoalaridan biri – “Aberdin”, shuningdek rus klublari – “Krasnodar”, “Rubin” bilan o‘ynadik. Kecha esa Bolgariya jamoasi bilan bahs yuritdik. Bilasizmi, kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash har qanday futbolchi uchun foydali. Biz ham mana shunday yaxshi saviyali jamoalar bilan o‘ynab, Osiyo Chempionlar Ligasiga munosib hozirlik ko‘ryapmiz. Zero Chempionlar Ligasida kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Shunga monand biz ham imkon qadar tezroq yaxshi sport formasiga kirib olishimiz talab etiladi.

Oldimizga har galgidek juda yuqori maqsadlar qo‘yilmoqda. Yangi mavsumda eng kamida o‘tgan yilgi natijalarni takrorlashni rejalashtiryapmiz. Shuningdek, bu yil Chempionlar Ligasida ham ulkan g‘alabalar qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, – deydi Ikrom Aliboyev.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:47, 30.01.2018.
O'qildi: 1763 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.