Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

“Real” jahon tranfser bozoridagi rekordni yangilaydi

“Real” jahon tranfser bozoridagi rekordni yangilaydi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunida tarkibni kuchaytirish uchun 570 million yevro sarflashni rejalashtirgan.

Madridliklar 200 million funt (228 mln yevro) evaziga “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirgan. Xuddi shu miqdorga “Chelsi”dan Eden Azar xaridi amalga oshirilishi kutilmoqda.

Har ikki transfer xaridi ham dunyo futbolida rekord ko‘rsatkich bo‘ladi. Ma’lumki, braziliyalik futbolchi Neymarning “Barselona”dan o‘tishi PSJga 222 mln yevroga tushgan va aynan shu transfer jahon futbolidagi yagona rekord hisoblanadi.

Bundan tashqari, madridliklar “Manchester Yunayted” klubidan David De Xeani “Real”ga o‘tishi uchun 100 mln funt (114 mln yevro) taklif etishni rejalashtirishgan.

Bosh murabbiy Zinedin Zidanning “Real”dagi o‘rnini esa “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino egallashi ehtimoli katta.

Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” Ispaniya La ligasining 21-turidan so‘ng, 38 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Zidan shogirdlari o‘tgan yil La liga, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalarida g‘olib chiqishgandi.

Ammo yangi mavsum Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga unchalik omad keltirmayapti. Chunki, ular o‘z maydonlarida eng asosiy raqobatchi “Barselona”dan 0:3 hisobida yengilishdi.

Ustiga-ustak 4 oylik tanaffusdan keyin safar o‘yinida g‘alaba qozonishdi. Albatta, bu natija “qirollik klubi” uchun qoniqarli emas.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 11:40, 31.01.2018.
O'qildi: 25923 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.