Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

“Navbahor”: Viloyat “hokim kubogi-2018” yakunlandi

“Navbahor”: Viloyat “hokim kubogi-2018” yakunlandi

Baho:
+ | -

Namangan shahrida Namangan viloyat hokimi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat jamoalariga munosib yoshlarni tanlab olish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqada bu safar 12 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs yuritdi.

Qatnashchilar dastlabki bosqichda to‘rtta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdilar. Guruhlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar esa final bosqichda bosh sovrin uchun kurashish imkoniga ega bo‘lishdi.

Hal qiluvchi bosqichda “Navbahor”, “Quruvchi”, 15-DIMI va NOZK jamoalari davrali tizim asosida bir-birlari bilan bahs olib borishdi.

Kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan uchrashuvlar ancha keskin va murosasiz ruhda o‘tganligini aytish joiz.

Aynan shu sababli yakunda “Navbahor”, 15-DIMI hamda NOZK jamoalari bir xil oltitadan ochko jamg‘arishdi.

“NavbahorUmid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ikkita uchrashuvni yirik hisobda g‘alaba qozonishgani sababli to‘plar nisbatiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rin 15-DIMI jamoasiga, nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa NOZK jamoasi band etdi. Musobaqaning taqdirlash marosimi 2 fevral kuni o‘tkaziladi.

“Navbahor” FK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:39, 31.01.2018.
O'qildi: 2864 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик