Farg‘onadagi futbol bayrami davom etmoqda. “Viloyat hokim kubogi-2018” uchrashuvlari ham tobora shiddatli va keskin ruhda o‘tmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan “A” guruhidagi bahslarda ko‘plab gollar kiritilgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
“ISTIQLOL” TO‘XTATILDI
Oldingi ikkita o‘yinda muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan “Istiqlol” jamoasi markaziy o‘yin deya ta’riflangan “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahsni ham yaxshi o‘tkazdi.
Uchrashuvning 18-daqiqada futbolchilarimiz hisobni ochishdi. Ajoyib kombinasiyadan keyin jarima maydonchasida paydo bo‘lgan Bahodir Pardayev to‘pni raqib darvozasiga osonlik bilan yo‘llab qo‘ydi.
28-daqiqada “Istiqlol” futbolchisi Elyor Akbarov hisobni tenglashtirdi.
34-daqiqada vakillarimiz jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Muhammadanas Hasanovning jarimadan tepgan zarbasi darvoza to‘ridan o‘rin oldi.
O‘yin so‘nggi daqiqalarga qadar shiddatli tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa ketma-ket hujum uyushtirtirishdi. Lekin uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa jamoamiz musobaqadagi ikkinchi g‘alabani nishonladi. “Istiqlol”ning esa mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi.
“Sodiq muxlislar klubi” a’zolari futbolchilarimizni butun o‘yin davomida tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turishganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Aytgancha, shu kuni “Istiqlol” lagerida yana bir yangi futbolchi tajribali Ruslan Vagapov paydo bo‘ldi. U “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi.
“Viloyat Hokim Kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
“Qo‘qon-1912” – “Istiqlol” – 2:1 (2:1)
Hakamlar: T. To‘xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahmonov.
Nazoratchi: S. Zaylobiddinov.
Gollar: Bahodir Pardayev – 18, Muhammadanas Hasanov – 34. – Elyor Akbarov – 28.
«Qo‘qon-1912»: 21. Muzaffar Abdullayev, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 18. Bahodir Pardayev (14. Doniyor Hasanov-86), 23. Aleksandr Merzlyakov, 77. Murod Xolmuhammedov, 26. Akmal Xolmurodov (19. Suhrob Berdiyev-44), 27. Davron Hoshimov, 70. Quvondiq Ro‘ziyev. 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 1. O‘tkir Yusupov, 8. Sobir Hamidov, 17. Igor Taran
«Istiqlol»: 31. Nodir Ashurmatov, 2. Aziz Madaliyev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 10. Elyor Akbarov, 11. Anvar Xojimirzayev, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Alisher Fayzullayev, 18. Temur Sultonov, 19. Ruslan Vagapov, 20. Akmali Rahimzoda, 23. Sanjar Asqaraliyev.
Zaxira: 71. Eldor Isaboyev, 7. Rizo Ayvazov, 9. Sharif Mirzayev, 70. Qahramon Muhammadjonov, 21. Xudoyberdi Xoliqov, 25. Bobur Aminjonov, 77. Davron Qoraboyev.
YANGI O‘YINCHILAR GOL URISHDI
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi xalqaro turnirida navbatdagi g‘alabasiga erishdi. Sergey Kovshov shogirdlari Quvasoyning “Sementchi” klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishdi.
Mazkur o‘yinda farg‘onalik safida ko‘rikda bo‘lib turgan Anvar Berdiyev va Zohir Qo‘ziboyev, Amir Safarovlar o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
Neftchi – Sementchi – 5:1 (3:0)
Gollar: Zohir Qo‘ziboyev, Anvar Berdiyev, Abdulaziz Yusupov, Temur Usmonov, Amirjon Safarov. – Rustam Solijonov.
“Neftchi:” 1. Akmal Ortiqov, 3. Shukurali Po‘latov, 35. Davron Mamatov, 94. Jamshid Qobulov, 20. Alisher Samatov, 88. Abbos Maxstaliyev, 17. Sunnatilla Ermatov, 23. Abdulaziz Yusupov, 21. Eler Mamasoliyev, 82. Zohir Qo‘ziboyev, 10. Anvar Berdiyev
Zaxira: 35. Farrux Turdaliyev, 19. Javoxir Rasulov, 24. Otabek Ahmadjonov, 33. Ilhom Yunusov, 9. Timur Usmonov, 87. Amirbek Safarov, 34. Davron Isokov, 44. Jasur Azimov, 77. Javohir Mo‘sajonov
“Sementchi”: 80. Shuhrat Rahmonov, 2. Mirjamol Ne’matov, 29. Asil G‘oibjonov, 22. Husanboy G‘aniyev, 6. Islom Toshpo‘latov, 13. Abror Ismoilov, 9. Abduqodir Artikov, 7. Islombek Karimov, 10. Xurshid Asqaraliyev, 19. Elamon Karimov, 14. Abdujalil Manazarov.
Zaxira: 1. Qodir Muhammadjonov, 5. Rahim Mamatkarimov, 8. Aziz Fosilov, 15. Rahmatillo Xolmirzayev, 18. Abdulfayoz Jakbarov, 27. Rustam Solijonov, 4. Jamshid To‘raqulov.
“MASH’AL”NING BIRINCHI G‘ALABASI
Muborakning “Mash’al” jamoasi ham nihoyat o‘zining birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Aleksandr Xomyakov shogirdlari Qirg‘izistonning “O‘sh” jamoasini yirik 5:1 hisobida dog‘da qoldirishdi. Umuman olganda, bahs davomida muborakliklar katta ustunlikka ega bo‘lishdi.
“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
O‘sh – Mash’al 1:5
Gollar: Shahzod Ubaydullayev, Muxsin Ubaydullayev, Bobur Qosimov, Iskandar Shayqulov, Sanjar Zokirov.
1 | Neftchi | 3 | 2 | 1 | 0 | 7-2 | 7 |
2 | Qo‘qon-1912 | 3 | 2 | 0 | 1 | 7-3 | 6 |
3 | Mash’al | 3 | 1 | 2 | 0 | 6-2 | 5 |
4 | Istiqlol | 3 | 1 | 1 | 1 | 3-2 | 4 |
5 | Sementchi | 3 | 1 | 0 | 2 | 3-10 | 3 |
6 | O‘sh | 3 | 0 | 0 | 3 | 1-8 | 0 |
O‘RINBOSARLARIMIZ ASOSIY RAQIBGA QARSHI
Bugun Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” o‘rinbosarlari guruhdagi eng asosiy raqiblaridan biri Oltiariqning “Iftixor” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv “FarDU” stadionida soat 15:00da boshlanadi.
Bugungi uchrashuvlardan yana biri – “Navbahor” – “Toshloq” bahsiga bo‘lgan qiziqish ham juda yuqori. Har ikki jamoa hozircha mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.
Abror DEHQONOV