Italiya futbol federasiyasi vakili Alessandro Kostakurtaning ma’lum qilishcha, ayni paytda terma jamoaga murabbiylik borasida Anchelotti va Konte bilan muzokara olib borilmoqda.
— Ortiqcha vaqtimiz yo‘q. Dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan birini taklif qilishimiz kerak. Tavakkal qila olmaymiz. Ayni paytda Konte hamda Anchelotti bilan muzokara olib borilmoqda, — dedi Kostakurta.