Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Salohiyatli, ammo janjalkash Nabil Fekir

Salohiyatli, ammo janjalkash Nabil Fekir

Baho:
+ | -

Minglab muxlislar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solish, o‘zini Lionel Messidek namoyon qilish va birdaniga «Real» hamda «Barselona»da qiziqish uyg‘otish.

Gap «Lion»ningjanjalkashvaistiqbollivakiliNobilFaqirhaqidaketyapti. Mana, u Fransiya chempionati 22-turida «PSJ» darvozasiga chiroyli gol urib, parijliklik superyulduzlarni soyada qoldirdi.

Eslatma, o‘yinda «to‘quvchilar» 2:1 hisobidag‘alabaqozonishdi, Faqiresaboshqahramonbo‘ldi.

*** Kuchli e’tibor

Fransiya futbolining yaqin kelajagida Neymar va «PSJ»dan boshqa «pichoqqa ilinadigan» mavzu yuzaga chiqmaydigandek ko‘ringandi. Ammo braziliyalik yulduzning ko‘z yoshlariyu, injiqliklari va Unai Emerining noroziligi - bular o‘ta qiziqqon fransuzlar uchun kamlik qiladi, albatta.

«Lion» tarbiyalanuvchisi Nobil Faqir esa shu bo‘shliqni to‘ldirishga urinmoqda. Jamoatchilik Nobilni katta mablag‘ evaziga «Barselona», «Real» yoki boshqa grand safiga qo‘shilishi kutilayotgan nav-batdagi futbolchi sifatida ta’riflamoqda. Aslida Faqirni yorqin kelajak kutayotgani haqida bir necha yil avval gapira boshlagandilar.

O‘shanda yarim himoyachi - yarim hujumchi «Lion»da endigina namoyon bo‘lgandi. E’tiborlisi, «Arsenal» skautlari odatdagidek, hammadan oldin harakatga tushishdi. Ya’ni ular darhol iqtidorli universal yigitni o‘z ro‘yxatlariga kiritishdi.

Biroq Arsen Venger o‘z uslubiga sodiq qolib, ishni ancha paysalga soldi va bu bilan istiqbolli futbolchini «kanonir»ga aylantirish fursatini boy berdi. Tushunarliki, endi Faqirni sotib olish anchayin qiyin masala.

Har holda, futbolchi «Real» va «Barselona»dek megaklublar e’tiboriga tushishga ulgurdi. Bunday holatda Faqirning hattoki, fransuzlarni o‘ta e’zozlovchi klub va murabbiy chaqiruviga ham «Labbay» javobini berishi gumon. 

Xo‘sh, Faqir qaysi fazilatlari hisobiga top-klublar oromini buzdi? Javob juda oddiy - u hujumkorlik bobida benazir, shuningdek, har qanday pozisiyada birdek to‘p surish layoqatiga ega. Tabiiyki, katta klublar uchun bu kabi xususiyatlar o‘ta muhim.

Ayniqsa, Ispaniya grandlari universal futbolchilarni o‘zgacha qadrlaydi. Umuman, Faqirning o‘zi ham shamol qaysi tomonga esayotganiyu, o‘yiniga qiziqish bilan qarayotgan skautlar qayerda o‘tirishganidan xabardor va quyoshli Ispaniya futboliga nisbatan muhabbatini bir necha bor izhor qilishga ulgurdi.

Aytish o‘rinli, «Barselona» orada, ya’ni Filippe Koutinyo transferi o‘xshamay turgan pallada aynan Faqir nomzodini jiddiy ko‘rib chiqqandi. Ammo braziliyalik futbolchi oxir-oqibat, «ko‘k-anorrang» formani kiydi.

Demakki, «Lion» xo‘jayinlari Kataloniya klubi xurujidan biroz qutulishdi, ammo munosib taklif tushgan taqdirda futbolchining xizmatidan osongina voz kechishlari hech gap emas. Tanazzul yoqasidagi «Real» ham hujum harakatlari uchun xuddi shunday faol futbolchiga ehtiyoj sezyapti.

Qolaversa, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresning qo‘llari anchadan buyon qichiyapti - Garet Beylni sotish payti allaqachon keldi. «PSJ» vakillari - Neymar va Kilian Mbappeni «Madrid» tomon og‘dirish katta muammo ekanligini nazarda tutsak, klub balki aynan Nobilni mo‘ljalga olar hali...

*** Janjalkash

Faqirning o‘ziga kelsak, uning grandlar qiziqishi xususidagi tortishuvlarga nisbatan munosabatini tutayotgan gulxanga benzin sepishga o‘xshatish mumkin. Misol uchun, Fransiya chempionati  doirasida bo‘lib o‘tgan «Sent-Etyen» - «Lion» o‘yinidagi xatti-harakatini olaylik.

«To‘quvchilar» azaliy raqib maydonida chiroyli g‘alabaga erishdilar - 5:0. Ya’ni mezbon jamoaga zarracha imkoniyat bermadilar. Shunday ajoyib g‘alabaga eng katta ulushni aynan Faqir qo‘shdi - «dubl». Biroq u 5-golni urgach, quyushqondan biroz chiqdi.

Xullas, o‘ta yuqori kayfiyatda tribuna tomon yugurib borib, «Sent-Etyen»ning alamzada muxlislariga libosini ko‘z-ko‘z qildi. Bilasiz, Messi odatda o‘z gollarini shunday nishonlaydi. Lekin u raqib muxlislariga nisbatan nojo‘ya harakatni amalga oshirmaydi sira.

Umuman, har qanday futbolchi golni nishonlashda futbolkasiga ishora qilishi mumkin, ammo raqib muxlislari oldida emas. Voqealarning keyingi rivojiga kelsak, Faqirning xatti-harakati shundoq ham azaliy raqibdan sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib olinayotganidan jig‘ibiyron holda o‘tirgan «Sent-Etyen» fanatlarini junbushga keltirdi va ular darhol maydonga yugurib tushishdi.

Natijada mag‘rur futbolchi barchasini tezda unutib, qochishdan o‘zga chora topolmadi. Shu mojaro ortidan o‘yin naq yarim soat to‘xtab qoldi. Tabiiyki, Fransiya matbuoti vakillari, shuningdek, tahlilchilar va muxlislar noxush voqeani keng muhokama qilishdi, aybdor keskin jazolanishi shartligini ta’kidlashdi.

Qiziq, asosiy aybdor kim? Faqirning golni nishonlash harakati fanatlar g‘ashiga tegdimi yoki barchasiga talab darajasida xavfsizlik choralarini ko‘rmagan «Sent-Etyen» rahbariyati javob berishi kerak? Bu borada aniq xulosa berilmadi.

Lekin fakt shuki, Faqir ishtirokidagi bu mojaro sabab, fransiyalik muxlislar Neymar atrofidagi tushunmovchilik va gap-so‘zlarni biroz unutishdi. Oddiy aytganda, Nobil shu tariqa braziliyalikni soyaga surdi. Axir hamma aynan uni muhokama qila boshladi, top-klublar qiziqishi esa umumiy vaziyatni yanada qizitib yubordi.

*** Inqiroz

Umuman olganda, Faqir shaxsiga nisbatan o‘ta katta qiziqish ikkinchi marta kuzatilmoqda. Birinchisi bir necha yil oldin bo‘lgan. O‘shanda «Arsenal» qiziqish bilan cheklanib qolgandi. Ha, Vengerning oxirgi pallada ikkilangani transferga to‘sqinlik qilgani aytildi.

Ammo ikkinchi tomondan, Nobil og‘ir jarohat tufayli safdan chiqqandi. Oqibatda «Lion» hujum chizig‘ida Aleksandr Lakazett har jihatdan yorqin o‘yin ko‘rsatdi va Faqir o‘z-o‘zidan ikkinchi rolga ko‘ndi. Endi savol: o‘sha vaqt futbolchiga «Arsenal»dan boshqa klublar tomonidan nega qiziqish bo‘lmadi?

Jarohat kichikkina sabab, xolos. Eng katta sabab esa boshqa - fransiyalik futbolchining xarakteri og‘ir. Ayni shu masala da’vogar jamoalarni aniq taklif bilan chiqishdan qaytargani aniq. Qolaversa, Nobil ba’zi tomonlari bilan Karim Benzemani eslatardi - maydonda o‘ta erinchoqlik bilan harakatlanar, o‘ta qulay vaziyatlarni ham tez-tez yo‘qqa chiqarardi.

Xullas, gohida  vaziyatni oxiriga yetkazishni istamayotgan, yugurishdan erinayotgan, bor kuchini sarflashga intilmayotgandek taassurot qoldirardi. Bu ayniqsa, o‘yiniga bog‘liq inqiroz yuzaga kelgan payt yaqqol ko‘zga tashlandi. Lakazett barcha og‘irlikni o‘z zimmasiga olib, klubni ortidan ergashtira boshlagan payt Faqir aksincha, orqaga ketdi.

Oqibati shuki, «Lion» muxlislari unga nafrat bilan qaraydigan bo‘lishdi. Xullas, qahramonimiz orada ikki mavsum kutilgan darajada o‘yin namoyish etolmadi va klubda faqat avvalgi shuhrati hisobiga kun ko‘rdi.

Muhimi, u vaqtida «uyg‘ondi», ya’ni jarohatdan keyingi davrda o‘ziga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, professional ishiga munosabatini qayta ko‘rib chiqdi.

Xususan, yurish-turishi haqida ham alohida o‘yladi. Oddiy aytganda, o‘z oldiga jiddiy savol qo‘ydi: «Kelajakda kim bo‘laman?

Faoliyatimni o‘jar Xatem Ben Arfadek goh yonib, goh so‘nib o‘tkazamanmi yoki tirishqoq Benzema kabi har bir vaziyatdan unumli foydalanishga intilish orqali top-klub hujumchisiga aylanaman...?» Keyingi voqealarni inobatga olsak, u ikkinchi yo‘lni tanlagan ko‘rinadi.

*** Foydali «mahsulot»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 04.02.2018.
O'qildi: 3979 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.