Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: Yettinchi kun

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: Yettinchi kun

Baho:
+ | -

Mana hash-pash deguncha “Viloyat hokim kubogi-2018” turnirining yettinchi kuni ham ortda qoldi. Kecha muxlislar “A” guruhidagi o‘yinlardan bahramand bo‘lishdi.

“ISTIQLOL”NING QIYIN G‘ALABASI

Usmon Asqaraliyev shogirdlari “Sementchi” bilan maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Umuman olganda, Pro-liga ishtirokchisi turnirda yaxshi qatnashioqda. “Istiqlol” o‘tgan yili “Viloyat hokim kubogi-2017”ning finaliga qadar yetib boraganini unutmaslik lozim.

“Viloyat hokim kubogi-2018”

“A” guruhi

4-tur

“Istiqlol” – “Sementchi” – 2:0

NURSIZ DURANG   

Guruhning hal qiluvchi o‘yinlardan biri – “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvi kutilganidek, shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa vakillari o‘yin davomida hujumkor o‘yin namoyish etishdi. Biroq muxlislarga gol ko‘rish nasib etmadi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytdi.

87-daqiqada Bahodir Pardayev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Hujumchimiz raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Uning birinchi zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga egalik qilgan Pardayev ikinchi zarbasida ham darvozani ishg‘ol eta olmadi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”

“A” guruhi

4-tur

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al”  – 0:0

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Ravshan Kapadze, Shoxrux A’zamov.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (25. Iqbol Malikjonov-69), 9. Nosir Otaqo‘ziyev (17. Igor Taran-69), 18. Bahodir Pardayev, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 27. Davron Hoshimov, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 8. Sobir Hamidov, 14. Doniyor Hasanov, 98. Oybek Mirzohidov.

“Mash’al”: 35. Javohir Ilyasov, 2. Iskandar Shoyqulov, 3. Sardor Rahmonov, 6. Sardor Abduraimov, 8. Mirzakamol Kamolov, 9. Jaloliddin Ubaydullayev, 10. Xumoyun Murtazoyev (20. Sanjar Zokirov-15), 23. Akram Bahriddinov, 27. Nikita Pavlenko, 44. Asil Begimqulov, 96. Ahrol Inoyatov.

Zaxira: 30. Botir Nosirov, 11. Abbos Shodmonov, 19. Milan Spremo, 22. Bobur Qosimov, 31. Muhsin Ubaydullayev, 77. Abdullox Olimov.

GOLLAR SHOUSI

3 fevral kuni o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuv esa haqiqiy gollar shousiga aylanib ketdi. “Neftchi” jamoasi Qirg‘izistonning “O‘sh” jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda Abdul Aziz Yusupov, Anvar Berdiyev, Abbos Maxstaliyev, Davron Isaqovlar bittadan gol kiritishgan bo‘lsa Amirjon Safarov dubl qayd etdi. Yana bir gol qirg‘izistonlik futbolchilar tomonidan avtogol sifatida kiritildi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”

“A” guruhi

4-tur

“Neftchi” -“O‘sh” 7:0

Gollar: Abdul Aziz Yusupov, Anvar Berdiyev, Amirjon Safarov(2), (avtogol), Abbos Maxsitaliyev, Davron Isoqov.

“Neftchi”: 1. Vitaliy Mirniy, 35. Davron Mamatov, 3. Shukur Po‘latov, 20. Alisher Samatov, 44. Jasur Azimov, 24. Abdujamol Isroilov, 77. Muxammadjon Isayev, 33. Ilxom Yunusov, 88. Abbos Maxstaliyev, 10.  Anvar Berdiyev, 37. Amirjon Safarov

Zaxira: 35. Farrux Turdaliyev, 21. Iqbol Boboxonov, 23. Abdul Aziz Yusupov, 17. Sunnatilla Ermatov, 82. Zoxir Qo‘ziboyev, 19. Otabek Axmadjonov, 9. Davron Isoqov.

 

4-turdan keyingi vaziyat

1 Neftchi 4 3 1 0 14 2 +12 10
2 Qo‘qon-1912 4 2 1 1 7 3 +4 7
3 Istiqlol 4 2 1 1 5 2 +3 7
4 Mash’al 4 1 3 0 6 2 +4 6
5 Sementchi 4 1 0 3 3 12 -9 3
6 O‘sh 4 0 0 4 1 15 -14 0

“NEFTCHI”DA YANGILAR

“Neftchi” jamoasi safiga yangi futbolchilar kelshi davom etmoqda. Kechagi o‘yinda  Farg‘ona jamoasi tarkibiga yangi legioner darvozabon kelib qo‘shildi. 25 yoshli ukrainalik Vitaliy Mirniy  jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi. “O‘sh” jamoasiga qarshi bahsda xorijlik darvozabon “Neftchi” sharafini himoya qildi va bir qator seyvlarni namoyish etib o‘zida yaxshi taassurot qoldirdi.

Abror DEHQONOV.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 00:32, 05.02.2018.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.