Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR - Eron
14/11 19:00 Bahrayn - Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt - Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Uni 2 to‘plam forma va 20 ta to‘pga sotishgan edi". Bugun Krishtianu Ronalduning tug‘ilgan kuni

"Uni 2 to‘plam forma va 20 ta to‘pga sotishgan edi". Bugun Krishtianu Ronalduning tug‘ilgan kuni

Baho:
+ | -

"Men tufayli futbolchi bo‘la olmaganingni ta’na qilib yurishingni xohlamayman", - dedi Doloresh Aveyru 12 yoshli o‘g‘lini Lissabonga kuzatayotib.

Doloresh 5 yoshida yurak xuruji sababli onasiz qoladi. Ota qizini diniy bolalar uyiga beradi va yangi oila qurib, qizidan bir marta ham xabar olmaydi. Doloresh bolalar uyidan bir necha marta qochadi, uni qattiq jazolaydilar, oxir-oqibat monax ayollar uni otasiga qaytarib beradilar. Doloresh ota uyidan ham qochadi, ammo bunga sabab - u yerda suv va lektrning yo‘qligi emas. O‘gay ona uni urar edi, ota qizini ruhiy kasallar shifoxonasiga bermoqchi bo‘ladi, ammo u yerdagilar qizni sog‘lom deya qabul qilmaydilar. 13 yoshidan boshlab haftada olti kun tonggi soat 5 yarimdan savatchasini ko‘tarib hosil yig‘ish ishlarini bajaradi. 18 yoshida 20 yoshli baliqchi Joze Dinish Aveyruga turmushga chiqadi. Doloresh ikkinchi farzandiga homilador bo‘lganida Dinish armiyaga chaqiriladi va Afrikaga yuboriladi, u yerda Portugaliya mustamlakalari mustaqillik uchun kurashayotgan edilar. U urushdan sochlari oqargan va ruhiy tushkunlik bilan qaytadi. Ishini tashlab, ichkilikka beriladi. Doloresh Madeyrani tark etib, Parijda uy xizmatkori bo‘lib ishlay boshlaydi. Ronaldu haqida kitob muallifi Gilyem Balage Dinishning xotini bilan telefon suhbatini keltiradi: "Biz kambag‘allikka mahkum bo‘lgan bo‘lsak, kamabag‘al bo‘lib o‘tamiz... Ammo biz bolalarning oldida bo‘lishimiz kerak", - deydi Dinish.

Doloresh Salazarning diktaturasi qulashiga oz qolganida Madeyraga qaytadi va tashlandiq uylarning birini oladi. Uning otasi Avstraliyaga yashash uchun jo‘naydi, Dolreshning iltimosiga "joy yo‘q" deb javob beradi. Dinish esa ichkilikni davom ettiradi, Doloresh esa 30 yoshida to‘rtinchi farzandiga homilador bo‘ladi. Bungacha uning ikki qizi va bir o‘g‘li bor edi. Ularni Funshal otelida oshpaz va farroshlik bilan boqar edi. Shifokor abort qilishdan bosh tortadi, qo‘shni ayol esa homilani tushirish uchun qaynatilgan qora pivo ichishni maslahat beradi - ammo bu ham yordam bermaydi. 1985 yilning 5 fevralida Krishtianu Ronaldu tug‘iladi.

Dinish mahalliy "Andorinya" klubiga ma’mur bo‘lib ishga kiradi va jamoa sardori Fernandu Souzadan Krishtianuga cho‘qintirgan ota bo‘lishini so‘raydi. Ammo navbatdagi o‘yin sababli ikkisi ham cho‘qintirish marosimiga kech qoladilar. Portugaliya beshinchi ligasining "Andorinya" klubida Ronalduning otasi chim o‘rar, kir yuvar, hojatxona tozalar, to‘p yig‘ar, oqshomni esa barda o‘tkazar edi. Krishtianu usiz uxlay olmas va opalarini barga, otasini olib kelishni talab qilar edi. Dinish bunga qarshilik qilar edi, o‘shanda ham, keyinchalik Londonga, buyragini davolash uchun chaqirganida ham. Dinish 2005 yilning 7 sentyabrida London klinikalaridan birida vafot etdi. Krishtianu bu vaqtda Moskvada, JCH-2016 saralashida Rossiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

"Dinishni ichkilikka ruju qo‘ygani ado qildi, - deydi uning xotini "Sunday Mirror"ga bergan intervyusida. - U yoshligida baland bo‘yli, chiroyli yigit edi, ammo ichkilik tufayli ko‘z oldimizda so‘nib bordi".

Otasining o‘limini eshitgan Ronaldu murabbiyi Skolaridan uni tarkibdan chiqarmaslikni so‘radi.

Dinish hojatxonalarini tozalagan o‘sha "Andorinya"da kichik o‘g‘li huumchi bo‘lib o‘ynar edi. Krishtianu 9 yoshga to‘lganida, uni ikki to‘plam forma va 20 ta to‘p evaziga "Nasyonal"ga sotib yuboradilar. Yangi jamoada Ronalduning jismoniy rivojlanishi biroz susaydi va bolalar murabbiyi Doloreshdan bolasiga ko‘proq baliq, go‘sht va kamroq yogurt berishini so‘radi.

"Krishtianu ko‘cha futbolchisi edi va ajoyib texnikaga ega edi. Gap uning faqat notekis ko‘chalarda to‘p tepishidagina emas, u daraxtlarga chiqar, to‘siqlar ustidan sakrar va ko‘p vaqtini ota-onasining nazoratidan tashqarida o‘tkazar edi. Bu uni erkin va tashabbuskor qildi. Boshqa to‘qroq oilalarning bolalari uningdek bo‘la olmasdilar", - deydi Pedru Talinyash, "Nasyonal" murabbiy.

"Oddiy oilaning oddiy bolasi, Ko‘p vaqtini uyida o‘tkazadi va maktabni qoldirmaydi va kuniga bir yarim-ikki soat shug‘ullanadi. Krishtianu 10 dan 12 gacha to‘p bilan vaqt o‘tkazar edi", - deydi "Nasyonal"ning boshqa murabbiyi David Gomish.

Krishtianu 12 yoshida gripp bilan og‘riydi, ammo biroz o‘ynab zaxiraga o‘tirish va’dasi bilan U13 musobaqasi finaliga onasidan ruxsat oladi. Onasi va maktab undan yaxshi futbolchi chiqayotganini ko‘rib, unga ko‘p ruxsat berar edilar. Onasi bu safar ham ruxsat berdi. Ronaldu finalda gol urdi va "Nasyonal" chempion bo‘ldi, uning cho‘qintirgan otasi Fernandu Souza unga lissabonning "Sporting"ida bir haftalik ko‘rik hozirlaydi. Ammo Krishtianu bir hafta emas, birinchi kundanoq murabbiylarni dribling, tezlik va ishtiyoqi bilan hayron qoldirdi. Ikkinchi kuni esa 14 yoshlilar jamoasining sardori bo‘ldi. "Sporting" Ronaldu uchun "Nasyonal"ga 25 ming yevro to‘ladi, Doloresh sa shartnoma imzoladi unga ko‘ra Krishtianuning oilasi oyiga 50 yevro tushib turadigan bo‘ldi (ikki yildan keyin - oyiga 250 yevro). Ronaldu yana besh yevroni "Sporting" o‘yinlarida to‘p olib berib turgani uchun olar edi. Krishtianu 5 yevroni telefon kartochkalariga, haftada ikki-uch marta ota-onasi va aka-opalari bilan gaplashib turish uchun sarflar edi.

Ronaldu 16 yoshidan boshlab akasi Uguning giyohvandlikdan xalos bo‘lishi uchun davolashga pul berishni boshladi. "Uning pullari Uguni saqlab qoldi. Agar Krishtianu futbolchi bo‘lmaganida, hammasi qayg‘uli tugashi mumkin edi", - deydi Doloresh.

"Santa Klausga ishonmay qo‘yganidan bir-ikki yil o‘tib, oilasini boqa boshlagan", - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi yana bir biograf, Cadena SER jurnalisti Mario Torrexonu.

Lissabon maktabida unga Madeyra shevasi halaqit berardi. O‘qituvchilari uni yaxshi tushunmas, sinfdoshlari esa kular edilar. Krishtianuning eng yaqin do‘sti Ugu Pina bo‘ldi. U ham boshqa shahardan kelgan edi. "Sporting" Ugu uchun "Belenensish"ga Ronaldudan 12 barobar ko‘proq - 300 ming yevro to‘lagan edi. Ugu "Sporting"ga o‘tishidan biroz avval "Barselona"dan taklif olgan, ammo jamoa sardori bo‘lgani uchun Lissabondagi muhim final oldidan jamoasini tark etmagan.

Pinaning Gilyem Balagaga aytganlari: "Ronaldu 15 yoshida "Sporting" akdemiyasining 17 yoshlilaridan kuchliroq edi va baribir tinmas edi. Yevro-2000 Fransiya termasining o‘yinlarini ko‘rib, o‘z oldiga Anri kabi tezkor futbolchi bo‘lishni maqsad qiladi. Mashg‘ulotlardan avval va so‘ng bir o‘zi shug‘ullanardi. Bir kuni "Sporting"ning braziliyalik himoyachisi Andre Kruzning 90 kg tosh ko‘targanini ko‘rib tunda devor oshib, tom orqali asosiy jamoaning trenjyor zaliga qatnay boshladi. Uni tutib oldilar va jinni deb atadilar. U agar katta bo‘lib o‘zining birinchi uyiga ega bo‘lsa, birinchi bo‘lib trenajer zali qurishni orzu qilar edi". Pina "Sporting" asosiy tarkibida o‘ynamadi va hozir "Leyriya"da o‘ynamoqda


2000/01 yilgi mavsumda Krishtianu jonajon Madeyra shahrida "Sporting" o‘yinchisi sifatida o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Ronaldu haqida yana bir kitob mualliflari, Los Secretos de La Máquina jurnalistlari Luis Pereyra va Xuan Galyardo "Sporting" murabbiyi Luish Martinshning Madeyra safaridan oldin yozilgan dokladini keltiradilar:

"Futbolchi Krishtianu Ronaldu jamoadoshining sovuq choyini va oshpaz Emiliyaning ikki yogurtini o‘g‘irladi. Bundan tashqari betobli tufayli oshxonaga kela olmagan o‘yinchi Rui Lopeshning tushligini ruxsatsiz yedi. Bu yigitning hissiy tuyg‘ularida muammolar bor". Shundan so‘ng Krishtianu "Maritimu"ga qarshi o‘yin ro‘yxatidan o‘chiriladi va o‘z shahriga bora olmaydi.

Navbatdagi o‘yinlaridan birida Krishtianuning nafasi qisib qoladi va almashtirishlarini so‘raydi. Shifokorlar uning yurak urishi maromi sekinlashganini aniqlaydilar va lazer operasiyasini o‘tkazadilar. Ertasi kuni u akademiyaga qaytadi, ammo maydonga uch oydan so‘ng tushadi.

Ronaldu "Sporting"dagi birinchi golini "Betis"klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida urganida Ispaniya TVsi uni Kushtodiu deb ataydi (bu "Sporting"ning boshqa o‘yinchisi). Chempionatda yarim maydonni bosib, yo‘l-yo‘lakay to‘rt o‘yinchini ortda qoldirib "Moreyrense" darvozasiga gol urganida, tribunalarning birida o‘tirgan onasi hushidan ketadi.

 

Ronalduning "Sporting"dagi birinchi o‘yinlari "Inter" prezidenti Massimo Morattining maslahatchisi Luis Suares Miramontesni qoyil qoldiradi.
"Biz uni qo‘shib olishimiz kerak, u dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ladi", - deydi Suares.
"U necha yoshda?"
"O‘n olti"
"He, biz tayyor o‘yinchilarni sotib olamiz", - deydi Moratti.
"Axir u bor-yo‘g‘i ikki million yevro turadi!". Suares keyinchalik 2013 yilda Nova Stadio efirida Ronaldu uchun o‘z cho‘ntagidan 1 million yevro to‘lashi aytganida ham, Moratti bunga ko‘nmaganini aytdi.

Bir yildan so‘ng Jore Mendesh, Ronalduning o‘z hamkasbi Joze Veygidan olib qo‘ygan agent Krishtianuni sotish borasida "Yuventus" bilan kelishadi, ammo "Yuve" futbolchini sotib olmoqchi emas, Salasga almashtirishni istagan edi. Bunga lissabonliklar ko‘nmadi.

Migel Rubio va Xonatan Moraning Jorje Mendesh haqidagi kitobidan: "Krishtianu onasi bilan Londonga, Arsen Venger bilan uchrashuvga boradi. Mendesh har besh daqiqada qo‘ng‘iroq qilib, jurnalistlar nigohi tushmasligi uchun Krishtianudan yuzini yopishini so‘raydi. Venger Ronalduga 9 raqamni tayyorlab qo‘ygan, ammo "Arsenal"ning yangi stadioni qurilishi sababli futbolchining transferini sotib ololmagan edi. "Barselona" Mendesh taklif qilgan to‘rt futbolchi - Kuarejma, Ronaldu, Deku va Tiagu orasidan Kuarejmani tanlagan.

Keyin esa "Joze Alvalade" stadionida "Sporting" va "MYU" o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Klublar hamkorlikka kelishgan edilar. Roy Kin o‘z avtobiografiyasida shunday yozadi: "O‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng Ronalduga qarshi o‘ynagan o‘ng qanot himoyachisi Jon O’Shi shifokor yordamiga muhtoj bo‘lgan edi. Kiyinish xonasida Batt, Skoulz va Rio Ferdinand bu yigitchani sotib olishni Fergyusonga aytadilar. Ser bunga javoban kulib: "Ko‘rib turibman" deydi. Bu Ronalduning "Sporting"dagi oxirgi o‘yini bo‘ldi - o‘sha kuni tunda u "MYU" bilan Angliyaga uchib ketdi.

Bu voqeadan ikki yil avval, u "Sporting"da debyut qilgan vaqtlarida SporTV ga bergan intervsida oyiga 300 yevro va yana shuncha mukofot puli olishini aytgan edi.

Krishtianu 12 million funt evaziga "MYU"ga o‘tgan va u yerda "Sporting"da o‘ynagan 28-raqamni so‘raydi. Ammo unga Jorj Best, Erik Kantona va Devid Bekhem o‘ynagan 7-raqamini beradilar.


Denis Romansov, Sports.ru

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:13, 05.02.2018.
O'qildi: 21065 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.