«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda davom etmoqda.
Portugaliyalik futbolchi Madriddagi eski binoda joylashgan Kitoblar uyini sotib olib, uni mehmonxonaga aylantirmoqchi. Bundan tashqari, u to‘qqiz qavatli binoning eng yuqorgi qavatini o‘zi uchun maxsus makonga aylantirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu shu paytgacha CR7 brendi ostida kiyim-kechak, oyoq kiyim, attorlik mollari va sport ichimliklari ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘ygan.