Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» nazorat uchrashuvida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

«Andijon» nazorat uchrashuvida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bo‘lajak mavsumga astoydil tayyorgarlik olib borayotgan andijonliklar ayni damda Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. 

Eldor Sakayev boshqaruvidagi “burgutlar” mashg‘ulotlar bilan birga kun-ora nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Xususan bugun “Andijon” poytaxtdagi “Obod” stadionida Qozog‘istonning “Maxtaorol” jamoasi bilan bellashdi. 

O‘yinda “Andijon” murabbiylar shtabi tarkibdagi o‘yinchilarni yana bir ko‘zdan kechirib, sinovdan o‘tkazganligini aytish lozim. Bahsning dastlabki taymida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan Ma’rufjon Zokirjonov yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi – 1:0.

Garchi qolgan daqiqalarda gol urish imkoniyati bo‘lsada, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. 

Shu tariqa “Andijon” navbatdagi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi.

“Andijon”ning boshlang‘ich tarkibi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:

Muhiddin Xudoyorov, Artur Mamatkazin, Siroj Hamroyev, Islom Inomov, Mirshohid Olimov, Ma’ruf Murodov, Sunnat Abdullajonov, Obid Hakimov, Ibrohim Otaxonov, Eldor Boymatov, Alisher Abduvohidov. 

Ikkinchi bo‘limda tushganlar: Alibek Turobov, Mirjalol Rajabov, Ziynatillo Ikromjonov, Baxtiyor Qosimov, Usmonali Ismonaliyev, Vusol Magerramov, Jahongir Mahsudov. 

Jamoa tarkibiga yangi futbolchilarning kelib-qo‘shilishi davom etmoqda. Kuni-kecha “Obod”ning sobiq yarim himoyachisi Obid Hakimov “Andijon” safiga qo‘shildi. Seleksiya ishlari to‘xtagani yo‘q va hozirgi kunda murabbiylar yana ayrim futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.     

 «Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:45, 07.02.2018.
O'qildi: 2367 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик