Angliya terma jamoasi rasman JCH-2018 musobaqasida foydalanadigan liboslarini taqdim etdi.
Angliyaliklarning yangi liboslari ikki xil variant – oq va qizil ranglarda namoyish etilgan.
Muxlislar keyingi oy martdan boshlab, jamoalari liboslarini internet-do‘konlaridan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Angliya terma jamoasinining yangi liboslari Nike kompaniyasi tomonidan yaratilgan.