Kecha yengil atletikachimiz Nadiya Dusanova Chexiyadagi musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etadigan Nadiya kecha Brno shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda qatnashdi. Turnirda dunyoning Chexiya, Belorus, Ukraina, Lyuksemburg, O‘zbekiston, Italiya, Polsha, Chernogoriya va Xorvatiya kabi mamlakatlardan kuchli sportchilar o‘z omadlarini sinab ko‘rdilar.
Quvonarlisi, ushbu turnirda Osiyoning uch karra chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik sportchi Nadiya Dusanova 192 sm balandlikni zabt etib, turnirdagi eng yaxshi natijani ko‘rsata oldi. Undan keyin o‘rinlarni 190 sm natija ko‘rsatgan chernogoriyalik Mariya Vukovich egalladi. Uchinchi o‘rin esa 186 sm ga sakragan mezbonlar vakili Lada Peychalovaga nasib qildi.
Endi Nadiya ertaga Fransiyada o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etadi.













